Добавить новость

В Подмосковье более 90 человек погибли в ДТП с грузовым транспортом с января

В Подмосковье дан старт КРТ на расселяемых территориях

Прием в магистратуру по программе «Педагог школьного театра» стартует в городе

Сергей Колунов избран зампредом комитета Госдумы РФ по строительству и ЖКХ



World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

COVID-19: O‘zini o‘zi ehtiyotlashga mahkum keksalar (VIDEO)

O‘zbekiston tibbiyot tizimining bor imkoniyatlari COVID-19 bemorlariga yo‘naltirilarkan, boshqa toifa bemorlar, jumladan, surunkali xastaligi bor keksalar e’tibordan chetda qolib ketmoqda.

Respublika Maxsus komissiyasi pandemiya paytida 65 yoshdan oshgan keksalardan, zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmaslikni so‘ragan.

Ularga tibbiy yordam ko‘rsatish vazifasi oilaviy poliklinika, ijtimoiy yordam -tkazish vazifasi esa, mahalla fuqarolar yig‘ini zimmasiga yuklatilgan.

Davlat Statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 34 million aholining 1 million 600 mingdan ortig‘ini 65 va undan katta yoshdagi keksalar tashkil qiladi. 6 oydan buyon ular “o‘zini o‘zi yakkalash” hayot tarzida yashamoqda.

1 - oktabr - Xalqaro keksalar kunida Ozodlik koronavirus tahlikasi ostida yashayotgan toshkentlik pensionerlar va ularning yaqinlari hamda bularga mas’ul oilaviy poliklinika shifokorlari bilan suhbatlashdi.

 

O‘zini o‘zi ehtiyotlashga mahkum pensionerlar

Toshkentning Yunusobod tumanida yashaydigan 71 yashar pensioner Mahbuba Qosimova aprelь oyidan beri, zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmay o‘tirganini aytadi.

U ko‘p qavatli uydagi xonadonda nabirasi bilan yashaydi, yegulikni farzandlari olib kelib beradi.

Qosimova, hozir asosan o‘zini o‘zi ehtiyotlab yashashga urinayotgani, chunki bir necha surunkali xastaligi borligini aytadi.

Buning ustiga koronavirus yuqtirib olib, farzandlariga ortiqcha muammo tug‘dirishdan qo‘rqishi haqida gapiradi.

Uning aytishicha, oilaviy poklinika xodimlari har zamonda bir qo‘ng‘iroq qilib, xabar olmoqda, ammo shu kunga qadar uni yo‘qlab, hech kim kelmagan.

“Poliklinikadan har zamonda bir qiz telefon qilib turadi, uyingizda issig‘i chiqqanlar bormi, deb so‘raydi. Keyin 2 marta kelib, oziq-ovqat va boshqa narsalar berib ketishdi paketda. Shu, boshqa hech kim xabar olgani yo‘q. Iloji boricha o‘zimni o‘zim ehtiyot qilib o‘tiribman. Chunki, qon bosimim baland, qand kasalligim bor, uning ustiga bu kasalni yuqtirib olishdan qo‘rqaman”.

Toshkentning Shayhontohur tumanida yashaydigan yana bir pensioner, 60 yashar Gulnora Fayzieva ham poliklinikasi vaqti-vaqti bilan undan telefon orqali xabar olib turishini aytadi.

“Telefon qilib, uyingizda issig‘i chiqqanlar bormi, kasallar bormi, deb so‘rab turishadi. Shunaqa yoshi kattalarga oiliaviy poliklinikasi qaraydi, deb eshitganman. Agar kasal bo‘lib, qon bosim oshib yoki yoshi kattalarda yuragi og‘risa, uyiga kelib tekshirib ketishyapti”, deydi Fayziyeva.

Har ikki pensionerga ko‘ra, ular o‘zlarini ehtiyot qilishadi, zarur yumush bo‘lmasa, ko‘chaga chiqishmaydi. Ish yoki maktabga boradigan oila-a’zolari bo‘lmagani uchun COVID-19 kasalligidan bir amallab saqlanib turganliklarini aytishadi.

Bolalari maktabga borayotgan oilalar qo‘rquvda

Toshkentning Yunusobod tumanida yashaydigan 32 yashar hamshiraning Ozodlikka aytishicha, uning oilasida bir keksa pensioner - 72 yoshli qaynonasi bor, 3 xonali kvartirada maktab yoshidagi 2 farzandi, o‘zi va turmush o‘rtog‘i bilan birga yashaydi.

“Men va xo‘jaynim har kuni ishdamiz. Xo‘jaynim bankda, men oilaviy poliklinikada ishlayman. Karantin boshlaganidan beri oyijonni o‘ylab, qo‘rquvda yashayapmizda. Yoshi katta, qon bosimi baland. O‘zlariga alohida idish-tovoq, televizori bilan alohida xona qilib berganmiz. Ishdan kelib, kiyimlarni to‘liq almashtirib, yuvinib, keyin bundoq uzoqdan hol-ahvol so‘rashib qo‘yamiz. Endi bolalar maktabga chiqdi, 2-sinfda o‘qiydigan qizim, 5-sinfdagi qizim maktabga boryapti. Hozir butun qo‘rquv shu bolalardanda. Biz masofani saqlab turibmiz, lekin ayniqsa kichkina qizim bilan juda qiyin bo‘lyapti”, deydi ismini oshkor qilmaslikni so‘ragan hamshira.

Uning aytishicha, o‘zi ishlaydigan poliklinikada patronaj hamshiralar zimmasiga oila-a’zolari ko‘p bo‘lgan oilalarda yashayotgan keksalarning ijtimoiy ahvoliniga ham e’tibor qaratish vazifasi qo‘yilgan.

"Oldin sog‘ligini so‘rardik, hozir oilasidagi ahvoli, necha kishi bilan yashaydi, yordamchisi bormi-yo‘qmi, shularni ham ma’lumotnomaga kiritish so‘ralyapti. Mana 28 -sentabrdan shunaqa topshiriq keldi. Masalan, bizni poliklinika hududida 2700 nafar qariyamiz bor, 65 yoshdan oshgan. Kuniga navbatchi hamshiralar o‘tirib, shularga telefon qilib xabar oladi. Qariyalarni alohida xonaga joylashtiringlar, idishini ajratinglar, qo‘ldan kelgancha izolyatsiya qilinglar, deb tavsiya qilamiz. To‘g‘ri, ba’zi oilalarda xonadonlari tor. Masalan, ularga qariyangizni birorta qarindoshingizda sharoit bo‘lsa, u yoqqa jo‘natinglar, deb tavsiya qilyapmiz”, - deydi toshkentlik hamshira.

Uning aytishicha, barcha poliklinikalarda 65 va undan katta yoshdagi keksalarning maxsus ro‘yxatlari tuzilgan.

Keksalarga bepul ajratilgan COVID-19 dorilar paketi berilmaydi

Sergeli tumanidagi oilaviy poliklinika bosh vrachiga ko‘ra, uning mas’uliyatida 40 mingga yaqin aholi bor va buning 2 yarim mingga yaqinini 65 yoshdan kattalar tashkil qiladi.

Uning aytishicha, yondosh kasalliklar ehtimoli katta bo‘lgani uchun COVID-19 alomati ko‘ringan bemorlar orasida birinchilik keksalarga qaratilgan:

“Ularni birinchi bo‘lib gospitalizatsiya qilyapmizda. Lekin, endi pandemiya kuchaygan paytda, birinchi e’tibor shikoyati bo‘lgan bemorlarga qaratilgan. Shikoyati bo‘lmaganlarda hozircha faqat telefonda xabar olib turibmiz, ochig‘i. Lekin, yolg‘iz qariyalarni alohida ro‘yxati bor, ularga har kuni telefon qilib, xabar olamiz. Dorilarini hamshiralar olib kirib beradi”.

Poliklinika bosh vrachiga ko‘ra, katta yoshli keksalarga COVID-19 xastalariga mo‘ljallangan bepul dori-darmon qutilari ham ajratilmagan:

“Chunki, ularning aksarida yondosh kasalliklari bor - qon bosimi baland, yuragi kasal, qand kasali bor, revmatizmi bor. Bunaqa kasalliklarga COVID-19 paketidagi dorilarni hammasi ham to‘g‘ri kelmaydi, har biriga individual yondashish kerak. Keyin bir dorini berishdan oldin albatta ko‘rikdan o‘tkazish kerak. Karantin paytida, uyma-uy yurish bizga taqiqlangani uchun, asosan telefonda xabar oldik , mobil guruhlarimiz maxsus chaqiriq bo‘lgandagina borib, kasal bo‘lib qolgan qariyalarimizni ko‘rib turishdi”.

Keksalar orasida pnevmoniya hollari ko‘paygan

Toshkentning Olmazor, Sergeli va Yunusobod tumanlaridagi oilaviy poliklinikalardan olingan ma’lumotga ko‘ra, keksalar orasida pnevmoniya kasalligiga chalinish hollari ko‘paygan.

"Keksalarda immunitet zaif bo‘lib qoladida, pnevmoniya kasalligi ularda tezroq rivojlanib ketyapti. O‘pkada ikkitomonlama pnevmoniya sal ko‘paygan qariyalarimizda. Ko‘pchiligini uyidagilari rentgenga oboryapti – "polisegmentar pnevmoniya" diagnozi bilan vrachlarimizga kelishyapti. Biz ularni darrov kasalxonaga yotqizishga harakat qilayapmiz. Ko‘pincha uyda davolanib yurishgani uchun, pnevmoniya sal kuchayganda kelishyapti. Shunga o‘limlar ham bo‘lib turibdi, lekin ko‘p emas", deydi jumladan Yunusobod tumanidagi oilaviy poliklinika katta hamshirasi.

Sergeli va Olmazor tumanidagi poliklinika xodimlari ham 65 yoshdan kattalar, COVID-19 yoki pnevmoniya kasalligi simptomlaridan shikoyat qilsa yoki og‘ir ahvolda murojaat qilsa, ularni zudlik bilan shifoxonaga yotqizishga harakat qilinishini aytishdi.

“Masalan, bizda 37 ming aholiga 3 ta mobil guruh bor, 3 ta mashinasi bilan. 15 ta shifokor bor, 40 ta atrofida hamshira. Birinchi galda, shunaqa kovid shikoyati bo‘lgan keksalarga qaraymiz. Chunki, ularda yondosh kasalliklar borda. Tezroq shifoxonaga yotqizilmasa, ahvoli bir kunda og‘irlashib ketishi mumkin. Hozir o‘zi COVID-19 bilan zararlanish hollari sal bosilganday, yozdagidaymas. Bizda masalan, kecha 16 ta chaqiriq bo‘ldi, hamma kasalliklar aralash. Undan oldingi kun 32 ta bo‘lgan. Undan oldin 10 ta. Lekin, oktabr-noyabr oylarida yana mavsumiy kasalliklar boshlanadi. Hozir butun e’tibor shu mavsumga tayyorgarlikka qaratilgan, aholini grippga qarshi emlayapmiz”, dedi Olmazor tumanidagi oilaviy poliklinikalardan birining shifokori.

Sog‘liqni saqlash vazirligi yana jim

O‘zbekistonga ilk koronavirusga chalinish holati qayd etilganidan buyon o‘tgan 6 oy ichida bu kasallikka chalingan yoki vafot etganlarning yosh kategoriyasi, keksalar soniga oid biror rasmiy raqam Ozodlikka ma’lum emas.

Sog‘liqni saqlash vazirligining (SSV), mamlakatda koronavirus tarqalishi oldini olishi, xastalarni davolashi va yuritayotgan statistikasi jiddiy savollar, kuchli e’tirozlarga sabab bo‘lib qolmoqda.

SSV Ozodlikning murojaatlarini muttasil javobsiz qoldirib keladi.

Xususan, kasallikdan o‘layotganlarning asl soni yashirilayotgani haqida avvaliga Ozodlik surishtiruv o‘tkazdi. So‘ngra qator mahalliy nashrlar ham o‘z surishtiruvi natijalarini e’lon qildi.

Oqibatda, vazirlik shu yilning 21 - sentabridan vafot etganlar statistikasini jamoatchilikka e’lon qilishni hech bir izohsiz to‘xtatib qo‘ydi.

21 - sentabrda e’lon qilingan raqamga ko‘ra, O‘zbekistonda COVID-19 kasalligidan jami o‘lganlar soni 438 nafarga yetgan.

 

AQShdagi Jons Xopkins universiteti 1 - oktabr kungi raqamga ko‘ra, shu kungacha jami 471 o‘zbekistonlik koronavirusdan vafot etgan.

Ammo Ozodlikka o‘zbekistonlik aholi, shifokor va mustaqil manbalardan kelayotgan murojaatlarga ko‘ra, o‘lim va kasallikka chalinish hollari rasmiy raqamlardan ancha yuqori, asl vaziyat esa, rasmiylar aytayotganidan keskin farq qiladi.

 

COVID-19 kasalligidan o‘lim xavfi keksalarda kattaroq

Vashingtondagi Jons Xopkins universiteti bergan raqamlarga ko‘ra, 1 - oktabrga kelib, dunyoda virusga chalinganlar soni qariyb 34 millionga yetgan, virusdan o‘lganlar soni 1 million 14 ming 500dan oshgan.

Xalqaro kuzatuvlarga ko‘ra, COVID-19 kasalligini qo‘zg‘atuv koronavirusga chalinish xavfi hamma yoshdagilar uchun birdek, ammo undan o‘lim xavfi:

- 45-60 yoshlilar orasida taqriban 20 foiz,

- 65-75 yoshlilar orasida taqriban 24 foiz,

- 75 yoshdan kattalar orasida esa taqriban 48 foizdan ortiqdir.

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2020 - yil 1 - yanvariga kelib mamlakatdagi 34 milliondan ortiq aholining 1 million 613 ming 763 nafarini 65 va undan katta yoshdagi aholi tashkil qilmoqda.

1 - oktabr - Xalqaro keksalar kunida Ozodlik koronavirus tahlikasi ostida yashayotgan toshkentlik keksalar bilan suhbatlashdi. Quyida ushbu suhbatlar asosida tayyorlangan videolavhani tomosha qilishingiz mumkin.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Липчанка споёт на шоу у Андрея Малахова

Окончание гражданской войны в Таджикистане

С 1 июня повышают пособия на детей: названы новые суммы

Россия и Грузия: пора мириться, соседи. Москва готова восстанавливать дипотношения с Тбилиси

Музыкальные новости

Собянин рассказал о развитии системы социальной помощи в Москве

Сергей Лёвкин: в Градостроительном комплексе открыли набор на целевое обучение

Преимущества карты строек жилых и промышленных объектов в России

Лавров: у Москвы есть планы снова собрать формат Россия — Индия — Китай

Новости России

Глава МВД России Владимир Колокольцев прилетел в Нью-Йорк

Что Китай делает с российским автомобильным рынком

Невозможность иметь детей или разные политические взгляды: Нетребко разводится с Эйвазовым

Могут ли проблемы со строительством домов в Южно-Сахалинске привести к трагедии?

Экология в России и мире

Dior, кутюрная коллекция осень-зима 2024

СберСтрахование застраховала крупные предприятия на Урале почти на 2 трлн рублей

11 страшно ядовитых растений, о которых необходимо знать каждому

На Мальдивы – со скидкой

Спорт в России и мире

Путинцева в Бирмингеме завоевала третий титул WTA в карьере

Даниил Медведев представил форму, в которой выступит на Уимблдоне

Дарья Касаткина с уверенной победы стартовала на травяном турнире в Истбурне

Россия — первая по теннисным отказникам! Почему сразу девять наших сказали «нет» Олимпиаде в Париже

Moscow.media

Трекер StarLine для владельцев парка такси

ТСД промышленного класса Saotron RT-Т510

Классика Санкт-Петербурга

Песочный вечер...











Топ новостей на этот час

Rss.plus






С 1 июня повышают пособия на детей: названы новые суммы

Окончание гражданской войны в Таджикистане

Глава МВД России Владимир Колокольцев прилетел в Нью-Йорк

Суд в Москве заочно арестовал экс-ведущую «России-1» Фариду Курбангалееву*