Мы в Telegram
Добавить новость

Армения готова подписать мирное соглашение с Азербайджаном в ближайший месяц

Швыдкой призвал артистов чувствовать настроения общества, выбирая наряды для выступлений

Мастер-классы по созданию крафтовых украшений проходят в центре Москвы

Мурашко: пятеро пострадавших при теракте в "Крокусе" остаются в больницах

World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

O‘quv yili boshlanishiga 5 kun qoldi. Qishloq va tuman maktablari hanuz qo‘lyuvgich, pirometr va medkabinet uchun mablag‘ topolmayotir

Umumta’lim maktablarining bu yilgi o‘quv yili uchun ochilishi, ularning maxsus "COVID-19 filtr" guruhlari va kamida 2 ta maxsus medkabinetni tayyorlashiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.

Maktab o‘qituvchisi va rahbarlaridan olingan ma’lumotga ko‘ra, ulardan 1 nafardan hamshira, sanitar, IIV, Milliy gvardiya xodimi iborat "COVID-19 filtr" guruhi hamda kichik maktablarda kamida 1 ta, yiriklarida esa 3 ta maxsus xonani tayyorlash talab qilinmoqda.

Qo‘yilgan talabga ko‘ra, xonalardan biri tibbiy ko‘rik,  yana biri izolyator xonasi bo‘lishi lozim. Yirik maktablarda 3 tadan yotoq o‘rni bo‘lgan kamida 2 ta izolyator xonasini tayyorlash ko‘zda tutilgan. Har 30 o‘quvchiga bir qo‘lyuvgich bo‘lishi shart.

Qishloq va tumanlardagi ayrim maktablar, maxsus xonalarni tibbiy jihoz va zarur dori-darmon bilan ta’minlash uchun hanuz hokimlik mablag‘ ajratishini kutayotgani ma’lum bo‘ldi. Ularning aksarida pirometr, dezinfeksiya vositasi quyiladigan dozator yoki pulverizatorlar umuman yo‘q.

9 sentabr kuni aynan mablag‘ masalasida bayonot bergan Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, mahalliy organlarni zarur bo‘lmagan boshqa sarf-harajatlarni to‘xtatib, maktab uchun mablag‘ ajratishga chaqirdi.

Xalq ta’limi vaziri mamlakat bo‘ylab umumta’lim maktablari 14 sentabr kuni ochilishi mumkinligi haqida 25 avgust kuni ma’lum qilgan edi.

Bu o‘rinda, maktablarda koronavirusga chalingan o‘quvchi va o‘qituvchilarni ostonadayoq aniqlab, tegishli choralarni ko‘ra oladigan maxsus guruh  -  "COVID-19 filtr" guruhi tayyor bo‘lishi shart.

Ozodlik 9 sentabr kuni gaplashgan Toshkent va viloyatlardagi bir necha yirik shahar maktablarida filtr guruhlari tayyorligi haqida ma’lumot oldi. Ammo, maxsus izolyator xonalari uchun jihozlar va o‘quvchilar issig‘ini o‘lchaydigan pirometr yoki dezinfeksiya vositasi quyiladigan dozatorlar, sepiladigan pulverizatorlar hanuz yetarli emas.

Jumladan, Toshkentning Yunusobod tumanida, 2 ming o‘quvchi o‘qiydigan umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan birida ishlaydigan musiqa o‘qituvchisiga ko‘ra, 9 sentabrga kelib maktab ochilishga qariyb tayyor bo‘lgan:

“Bitta medkabinet bor edi, u yerda hamshira bilan psixolog o‘tirardi. Shuni yoniga yana bitta xona qo‘shildi – izolyator. Ichida 2 ta kushetkasi bor, medikament, stol-stullar tayyor qilindi. Maktabni eshiklariniyam ajratdik, lentalar qo‘yib, kichkina sinflar alohida eshik, o‘rtalari alohida, yuqori sinflar alohida eshikdan kiradigan qildik. Endi hozir bu xonalarni jihozlash qolgan, keyin hamma zallargayam dozatorlar qo‘yilmadi hali. Gorono (Toshkent shahar xalq ta’limi bo‘limi – tahr.) hokimiyatdan mablag‘ ajratiladi, degan”.

Shuningdek, Zarafshon shahridagi 1 ming 700 o‘quvchisi bo‘lgan maktabda ishlaydigan o‘qituvchi ham "COVID-19 filtr" qariyb tayyorligini aytdi:

“3 ta xona ajratildi bizda. Oldin bitta medkabinetda bitta hamshira o‘tirardi. Hozir, o‘sha kabinet yonidagi 2 ta omborxonani izolyator qilishdi. 3 ta xonada 3 tadan 9 ta kushetka qilindi. U xonalarni atrofi lentalar bilan to‘sildi, o‘zini alohida eshigi bor. Jihozlarni shahar Sog‘liqni saqlash boshqarmasidan olib kelishdi, yig‘ilishda aytishdi shunaqa deb. Instruksiya bilan boshlang‘ich va yuqori sinflarni eshiginiyam ajratdik, sinfxonalarga sanugolok (sanitariya gigiena buyumlari turadigan va qo‘l yuviladigan burchak – tahr.) qildik. Lekin, buni sinf rahbarlari o‘zini hisobidan qildik, qolgani davlat hisobidan”.

Ozodlik gaplashgan o‘qituvchilar va maktab rahbarlariga ko‘ra, yirik shaharlar va poytaxtlarda ochilishga qariyb hozir bo‘lgan maktablar, qishloq va tumanlarda hanuz tayyor emas.

Jumladan, Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanidagi Nurafshon qishlog‘ida joylashgan – 280 o‘quvchi o‘qiydigan 58-umumta’lim maktabi direktori Ahad Ashurovga ko‘ra, uning maktabida tayyorgarlik bitmagan.

Direktorga ko‘ra, vazirlikdan berilgan ko‘rsatmaga binoan, maktabga kelayotgan o‘quvchilarni tegishli ko‘rikdan o‘tkazish uchun 4 kishilik maxsus guruh maktab darvozasiga qo‘yilishi lozim:

“Bitta hamshira, bitta sanitar, bitta IIV va bitta Milliy gvardiya askari eshikni oldida turishi kerak, deyishdi. Ular kirib-chiqayotgan o‘quvchilarni tekshiradi. Maktab binosida bitta oddiy medkabinet, bitta karantin xonasi bo‘lishi kerak. Biz xonalarni ajratdik, maktab hisobidagi bor pul bilan ta’mirlab qo‘ydik. Lekin jihozlar yo‘q. Tuman hokimiyati qilib beramiz, degan. Kutyapmiz”.

Uning aytishicha, har bir maktabda 30 o‘quvchiga bir dona qo‘lyuvgich bo‘lishi shart, hozir uning maktabida buni olish uchun ham yetarli mablag‘ yo‘q:

“Bizning maktab 1998 yilda ishga tushgan va o‘shanda buyon biror marta ta’mirlanmagan. Hali kovid filtrdan tashqari, ta’mir muammosi, qishda isitish tizimi muammolari bor. Lekin, bizning maktabda Chugurtma mahalla fuqarolar yig‘inining bolalari qatnaydi, aksar ota-onalar ana’naviy ta’lim turini tanlagan – ochilishimiz kerak endi”.

Direktorning aytishicha, maktabda tayyorgarlik bitganidan so‘ng, Sanitariya epideomilogiya osoyishtalik agentligi va Xalq ta’limi vazirligi hududiy boshqarmalari, shuningdek, mahalliy boshqaruv organlari vakillaridan iborat maxsus guruh maktabni nazoratdan o‘tkazadi.

Maktab tayyor deb topilgach, o‘qituvchilar koronavirus uchun test topshiradi va so‘ngra, maktab joylashgan hududdagi epidemiologik vaziyat bolalarning o‘qishga qatnashiga mone’lik qilmagan taqdirda, maktabning ochilishiga qaror qilinadi.

9 sentabr kuni, aynan shu masalada chiqish qilgan Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, 14 sentabrdan ochilishi aytilgan maktablarning taqdiri mahalliy hokimlik organlari ajratadigan e’tibor va mablag‘ga qarab qolganini tan oldi.

Telegram tarmog‘idagi sahifasida bergan bayonotida vazir, O‘zbekistonda maktablar ochilishi bo‘yicha qarorni faqatgina mahalliy kengash deputatlari qabul qilishini bildirdi:

“Mahalliy deputatlar maktab ochishdan avval uni pirometr, dozator (yoki pulverizator), antiseptik va dezinfeksiya vositalari bilan ta’minlash uchun mablag‘lar ajratilgani, maktablarga yetarli vositalar yetkazib berilganiga ishonch hosil qilganidan so‘nggina kengashda ushbu maktab faoliyatini boshlash bo‘yicha qaror qabul qilishi mumkin”.

Vazirga ko‘ra, agar maktab tayyor deb topilmasa, u holda o‘quvchilar o‘sha hududda ochilishga tayyor bo‘lgan boshqa maktablarga qatnaydi yoki 14 sentabrdan teledarslar orqali masofaviy ta’lim olishga majbur bo‘ladi.

Ayni paytda vazir, hozirga kelib mahalliy byudjet mablag‘larini taqsimlash vakolati berilgan Mahalliy kengashlarni, birinchi galda maktabga e’tibor qaratishga chaqirdi:

«Albatta, mahalliy byudjetda mablag‘lar yetarli bo‘lmagan sharoitda, qaysidir boshqa xarajatlarni qisqartirib, uni bu yo‘nalishlarga sarflash bo‘yicha qaror qabul qilish vakolati ham aynan mahalliy kengashlarda. Masalan, tuman markazini obodonlashtirish uchun mablag‘ ajratish muhimmi yoki maktablarga antiseptik vositalarni sotib olib berishmi degan savolga mahalliy kengash deputatlari javob topishlariga to‘g‘ri keladi”.

Xalq ta’limi vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2020-2021 o‘quv yiliga kelib, mamlakatdagi jami umumta’lim maktablari soni 9942 taga yetgan, ularning qariyb 72,75 foizi (7233 ta maktab) qishloqda joylashgan.

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, 25 avgust kuni, Telegram tarmog‘i orqali maktablarda o‘qish 14 sentabrdan boshlanishi mumkinligini bildirgan edi.

O‘shanda vazir, bu yil umumta’lim maktablaridagi o‘qishga 3 ta ssenariy asosida hozirlik ko‘rilganini bildirgan:

1) an’anaviy maktabni ochish,

2) onlayn maktab orqali o‘qitish,

3) aralash (gibrid) ssenariy – ham an’anaviy, ham onlayn.

Vazir, bu o‘quv yili oldidan,  taklif qilingan ssenariylar bo‘yicha, ota-onalar fikrini o‘rganish uchun so‘rov e’lon qilinganini bildirgan va ularni so‘rovda faol qatnashishga chorlagan.

Ozodlik 9 sentabr kuni gaplashgan maktab o‘qituvchilari hamda rahbarlariga ko‘ra, qishloq va tumanlarda ota-onalarning aksari an’anaviy ta’lim turini tanlamoqda – ya’ni, bolalarini maktabga jo‘natish istagini bildirmoqda. Boisi, qishloqlarda masofaviy ta’lim uchun yetarli mablag‘ va sifatli Internet aloqasi yo‘q.

Ammo, Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, aynan tuman va qishloqlarda maktablar pandemiya sharoitida o‘quvchilarni qabul qilishga hanuz tayyor emas.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Мурашко: пятеро пострадавших при теракте в "Крокусе" остаются в больницах

Швыдкой: звезды после "голой вечеринки" должны понимать, какие наряды оскорбляют

"Ъ": экс-главе "Автодора" грозит 14 лет за ущерб в 2 млрд рублей

После интервью В.Путина, политики ФРГ: возможно, в будущем немцы останутся без пенсий и пособий и с продуктами плохо будет

Музыкальные новости

Медийный баскетбол, киберспорт и турнир ММА: Константин Пухов рассказал о мероприятиях Международного центра бокса (Наташа)

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков

Глава "Рексофт" - в топ-100 отечественных ИТ-лидеров

Путин назвал приезд президента Зимбабве знаком интереса Африки к России

Новости России

Швыдкой: звезды после "голой вечеринки" должны понимать, какие наряды оскорбляют

Мастер-классы по созданию крафтовых украшений проходят в центре Москвы

Мурашко: пятеро пострадавших при теракте в "Крокусе" остаются в больницах

Президент Боливии и «Роснефть» обсудили поставки жидких углеводородов из РФ

Экология в России и мире

История без фальсификации: Шемахи в первой половине XVIII века

Производители кроссовок New Balance и Under Armour подали около 1000 исков к российским продавцам

Пошив костюма по индивидуальным размерам

Жители Барнаула помогут сделать родной город чище

Спорт в России и мире

Андреевой предрекли борьбу за топ-10 рейтинга WTA в текущем сезоне

Уимблдон и Олимпиада? Что нужно знать о планах Рыбакиной после Ролан Гаррос

Янник Синнер высказался о первом месте в рейтинге ATP и травме Новака Джоковича

«Сейчас даже счёт не помню»: Андреева сенсационно победила Соболенко и вышла в полуфинал «Ролан Гаррос»

Moscow.media

Такси в 7 раз чаще попадает в ДТП, чем обычные автомобилисты — изучаем аварийность на дорогах

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков

Сотрудники военных следственных органов Следственного комитета России по всей стране оказывают помощь подшефным детским учреждениям

Ученые нашли «выключатель» болезни Паркинсона











Топ новостей на этот час

Rss.plus






После интервью В.Путина, политики ФРГ: возможно, в будущем немцы останутся без пенсий и пособий и с продуктами плохо будет

HeadHunter: средняя зарплата соцработников в России составляет 38 тыс. рублей

"Ъ": экс-главе "Автодора" грозит 14 лет за ущерб в 2 млрд рублей

Владимир Путин — игрок уровня 100. А Дюмин ещё на шаг ближе к Путину