Добавить новость

Соседка рассказала, как мать с Урала издевалась над ребенком из-за экс-мужа

Кафе работают на территории городских бассейнов

Аллерголог Марилова предупредила, что в квартирах есть опасные клещи

Участок улично-дорожной сети реконструируют на юге города



World News


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Qo‘qondagi reabilitatsiya markazida 15 yashar o‘smir zo‘ravonlik qurboni bo‘ldi

Qo‘qondagi reabilitatsiya markazida 15 yashar o‘smir zo‘ravonlik qurboni bo‘ldi

Shu yilning 16-oktabr kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi Bolalarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazidan Uchko‘prik tumani Sulton MFY Sulton qishlog‘ida yashagan 15 yashar Ravshanbek Abdusattorovning o‘ligi chiqdi.

Ozodlik manbalariga ko‘ra, Ravshanbek Yangiqo‘rg‘on qishlog‘ida joylashgan “Ansor” savdo majmuasidan bir dona Flash ichimligi va 4 dona qurut (umumiy bahosi 16 700 so‘m (1,5 AQSh dollari) o‘g‘irlaganlik aybi bilan mahalliy uchastka inspektori tomonidan tutib kelingan va so‘roq qilingan.

16-oktabr kuni gumondor soat 21.00 da maxsus tibbiy nazoratdan o‘tkazilib, Markazga topshirilgan. Mazkur Markaz ixtisoslashtirilgan reabilitatsiya muassasasi bo‘lib, voyaga yetmagan huquqbuzarlarni tarbiyalash bilan shug‘ullanadi.

Ravshan Abdusattorov kim?

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, 2007-yilning 19-noyabrida Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida tug‘ilgan Ravshanbek ota-onasi ajrashganligi sababli tog‘alarining qo‘lida katta bo‘lgan.

Ravshanbekning Ozodlik muxbiri suhbatlashgan sinfdoshlaridan biri uni "odamovi" va "jismonan biroz nimjon" bola sifatida eslashini aytdi.

O‘smir yoshiga yaqinlasharkan, Ravshanbek turli ko‘cha yumushlarini bajargan, kattalar e’tiboridan chetda qolgan.

Yaqinlarining aytishicha, uning jasadini ikki kun davomida morgdan berishmagan. Jasad Quva shahridagi morgga yuborilgach, o‘likxonada ishlovchi marhumning mahalladoshi jasadni tanib qoladi va bu haqda yaqinlariga xabar beradi.

O‘smirning o‘limida kimlar gumonlanmoqda?

Farg‘ona viloyati prokuraturasi tarqatgan xabarga ko‘ra, 17.10.2022-yilda voyaga yetmagan R.A. ning sog‘lig‘i yomonlashib, hushidan ketganligi sababli shahar Tez-tibbiy yordam xodimlari chaqirilib, unga tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan, shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan.

Ozodlikda nusxasi mavjud Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, marhumning o‘limiga “bosh miya kalla yopiq shikasti, miya qattiq parda ostiga qon quyilishi, bosh miya moddasining lat yeyishi” sabab bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 16-oktabr kuni soat 21.00 da Ravshanbek Abdusattorov reabilitatsiya markaziga huquqbuzarlik bilan 20 sutkalik qamoq jazolarini o‘tayotgan shaxslar yoniga joylashtirilgan. Ular Ravshanbekka tunda tan jarohati yetkazgan bo‘lishi mumkin, degan faraz mavjud.

Ammo marhumning yaqinlari Ravshanbekning olgan tan jarohatlari markaz xodimlari tomonidan yetkazilgan bo‘lishi mumkin, deb gumon qilishmoqda. Bu kabi gumonga marhumning jasadi oradan ikki kun o‘tib yaqinlariga berilgani sabab bo‘lgan. Ammo bu borada tergovga biron dalil taqdim qilingani Ozodlikka ma’lum emas.

Marhumning yaqinlari tomonidan Ozodlikka taqdim etilgan fotosuratlar uning qiynoqqa solingani alomatlarini ko‘rsatadi.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan 18.10.2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Tergov harakatlari davomida, jinoyatga bevosita aloqador ikki nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Shuningdek, holat yuzasidan IIB JXX HPB VEIHYoKM xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda”, deyiladi Farg‘ona viloyati prokuraturasining rasmiy bayonotida.

Qiynoq iddaolari ko‘paydi

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, hozirda Qo‘qondagi reabilitatsiya markazi xodimlari Ichki ishlar vazirligi maxsus inspeksiyasi tomonidan tekshirilmoqda.

Tekshiruvlarga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Yahyojon Abdulhaqov boshchilik qilayotgani aytiladi.

O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida so‘nggi paytlarda gumondor va mahkumlarga nisbatan qiynoq qo‘llanilgani haqidagi iddaolar yana ko‘payganiga e’tibor qaratdi. Bir vaqtning o‘zida, jamiyatning bildirishicha, prokuratura organlari qiynoq iddaolari yuzasidan sud idoralariga protest kiritish holatlari ko‘paygani kuzatilmoqda.

Jumladan, tashkilotning xabar qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi (Talonchilik) bilan ayblangan fuqaro Otabek Abdumavlonov dastlabki tergov jarayonida "shafqatsiz" qiynoqqa solingan.

Toshkent shahar prokurori U. Qosimovning protestiga ko‘ra, appelyatsiya sudi ishni qayta ko‘rib chiqqan va sudlanuvchiga nisbatan berilgan uzoq muddatli qamoq qisqartirilgan. Otabek Abdumavlonov qamoqdan ozod qilingan.

Shuningdek, "Ezgulik" xabarida aytilishicha, Jizzax viloyati Dashtobod shaharchasida istiqomat qilgan Abduqodir Berdimurodovga nisbatan qiynoq qo‘llagan, unga hayoti uchun xavfli tan jarohatlari yetkazgan Zomin tumani IIB xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilibdi.

Shuningdek, Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar IIB xodimlarining fuqaro O‘rol Toshpo‘latovga nisbatan sodir etgan xatti-harakatlari yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari boshlangani xabar qilinadi.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Как проходило открытие Шукшинского кинофестиваля — большой фоторепортаж с красной дорожки

В Москве полыхает мощный пожар: У многоэтажки по Молодёжной – кареты скорой помощи

Источник 360.ru: мотоциклист пострадал в аварии с легковушкой в Москве

«Ведьма натуральная»: Петросян о новых судах с участием ненасытной Степаненко

Музыкальные новости

Томские спортсменки выиграли Кубок России по лапте

Запашный пришел поддержать Исмаилова перед боем с Минеевым

Дистрибьюция Музыки

В Домодедово прошли антитеррористические учения.

Новости России

Пловчиха Ефимова сожалеет из-за переноса Всемирных игр дружбы

В. Путин передал акции ТГК-2 в управление Газпром энергохолдинга

К тушению пожара в многоквартирном доме в Москве привлекли вертолет

После появления «New Москва» на этом райском острове Богов, Россия открывает там Генеральное Консульство: русских так много, что надо их пересчитать

Экология в России и мире

30 миллионов тормозных колодок выпустило Новосибирское ЛП Желдорреммаш за свою 80-летнюю историю

Представители «Метровагонмаш-Сервиса» посетили СЛД «Москва-Сортировочная» филиала «Московский» компании «ЛокоТех-Сервис» для обмена опытом

Парк "Три вулкана" Группы "Интеррос" задает "зеленые" стандарты качества отечественного туризма

Малинки – чудесный парк птиц в Ростовской области у трассы М4-Дон

Спорт в России и мире

Победительница Уимблдона приняла неожиданное решение по участию на Олимпиаде

Рафаэль Надаль сыграет в финале турнира ATP впервые с 2022 года

«Никто не вправе давать советы». Веснина рассказала, почему нужно ехать на Олимпиаду

Панова и Сизикова выиграла турнир WTA в Палермо в парном разряде

Moscow.media

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: С начала 2024 года 140 тысяч женщин и новорожденных Московского региона получили услуги по родовым сертификатам

Спортивные игры в СЛД "Москва-Сортировочная" филиала "Московский"

В России почти за миллион продают Москвич-2141, простоявший в гараже с 1994 года

В России создают сервис знакомств с проверкой кредитов и алиментов











Топ новостей на этот час

Rss.plus






Машинное отделение. Как проходит фестиваль «Лето в Москве. Все на улицу!»

Русснефть отчиталась о финансовых показателях за первое полугодие. Чистая прибыль выросла в 1,4 раза

К тушению пожара в многоквартирном доме в Москве привлекли вертолет

«Ведьма натуральная»: Петросян о новых судах с участием ненасытной Степаненко