Добавить новость

Следствие добавило блогеру Аязу Шабутдинову новые эпизоды мошенничества

Студенты ГУАП разработали инновационную конструкцию БПЛА

Курьер, спасший ребенка: похититель был болен или под воздействием наркотиков

Новые требования к макаронным изделиям вступят в силу в Подмосковье с 1 августа

World News


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Yiliga 4 mingga yaqin rossiyalik RF pasportidan voz kechmoqda. Nega?

Yiliga 4 mingga yaqin rossiyalik RF pasportidan voz kechmoqda. Nega?

Har yili qariyb 4 ming kishi Rossiya pasportidan voz kechmoqda. Sabablar turlicha: kimdir ikkinchi fuqarolikni tan oladigan mamlakat pasportiga ega bo‘lishni xohlaydi, yana kimdir prinsipial ravishda Rossiya fuqaroligini istamaydi.

Open Democracy nashri redaktori, sotsiolog va publitsist Polina Aronson yaqinda nemis pasportini oldi. Buning uchun, mamlakat qonunlariga ko‘ra, Rossiya fuqaroligidan voz kechishiga to‘g‘ri keldi. Bu – faqat rasmiy sabab.

– Norasmiy sabablar esa bir nechta. Avvalo, o‘zim yashaydigan mamlakatda saylovda ishtirok eta olmayotganim alam qildi. Ikkinchidan, mustaqil va muxolifatchi jurnalist bo‘lganim uchun Rossiya huquq sub’ekti bo‘lishni istamadim, – deydi Aronson.

Majburiyat va xohish

Rossiya TIV ma’lumotiga ko‘ra, 2020 - yilda 3,8 mingdan ortiq kishi Rossiya fuqaroligidan chiqqan. Ularning aksari – milliy qonunchiligi qo‘sh pasport sohibi bo‘lishni man etadigan davlatlar, asosan Avstriya, Boltiqbo‘yi mamlakatlari, GFR va Ukrainada doimiy yashayotgan rossiyaliklar.

Ba’zan Rossiya fuqarolari ular doimiy istiqomat qiladigan mamlakat qo‘sh fuqarolikni tan olsa ham Rossiya pasportidan voz kechishmoqda.

Irina 27 yildan beri Finlyandiyada yashaydi. Finlyandiya qonunchiligida ikki mamlakat fuqarosi bo‘lishga ruxsat berilgan. Ammo to‘rt yil burun to‘ng‘ich o‘g‘li o‘z ixtiyori bilan Rossiya fuqaroligidan chiqdi. Aytishicha, o‘g‘lining bu qaroriga Rossiya rasmiylarining insonga munosabati sabab bo‘lgan.

– Har yili paromda Peterburgga borib kelardik. Bunaqa safarlar uchun viza olish talab qilinmaydi, erim fin bo‘lgani uchun shunisi qulay edi. Bir gal qaytishda erim pasport nazoratidan osongina o‘tib ketdiyu men ikki bolam bilan qoldim. “Pasportingizda muammo chiqdi”, deb, jimgina kutishim kerakligini aytishdi. Bolalarim yosh edi, vahimaga tushishdi. Ularni tinchitishga urinarkanman, o‘zim ham xayolning ming bir ko‘chasiga kirib-chiqdim. Tamom, oilamizni bo‘lib yuborishdi, deb o‘yladim. Shu alfozda naqd ikki soat o‘tirdik va parom jo‘nashiga 15 daqiqa qolganida pasportimni qo‘limga tutqazishdi. “Ketavering”. Boshqa izoh-pizoh yo‘q. Kelasi yili yana shunga o‘xshash vaziyatga tushganimizda katta o‘g‘lim qat’iy qarorga keldi: “18 ga to‘lishim bilan Rossiya pasportidan voz kechaman”. O‘shanda u 6-sinfda o‘qirdi. To‘rt yil muqaddam Rossiya fuqaroligidan chiqdi, – hikoya qiladi Irina.

Jinoiy javobgarlik xavfi ostida

Siyosiy publitsist, faol, “Region.Ekspert” nashri muharriri Vadim Shtepa Estoniyada qo‘nim topganiga salkam olti yil bo‘ldi. Ushbu davlat qonunlariga ko‘ra, yana uch yildan so‘ng u fuqarolik berishlarini so‘rab ariza yozishi mumkin. Lekin Shtepa bunday qila olmaydi. Chunki Estoniyada ikki pasportli bo‘lish mumkin emas, u esa zarur hujjatlarni yig‘ish uchun Rossiyaga bora olmaydi.

2015 - yilda Rossiya IIV fin harbiy muzeyidagi bir necha eksponat rasmlarini tarmoqda e’lon qilgani uchun Shtepaga qarshi ma’muriy ish ochadi (eksponatlarda natsizm ramzlari bor edi). Sud dastlab jarima qo‘llaydi, so‘ngra bir sutkaga qamoqqa oldiradi. Shundan so‘ng Shtepa avval Germaniyaga, u yerdan esa Estoniyaga jo‘naydi.

Shtepa hokimiyatni haddan ziyod markazlashtirgani va mintaqalarga ichki mustamlaka kabi munosabatda bo‘layotgani uchun Kremlni ko‘p tanqid qilgan.

– Rossiya fuqaroligidan chiqmoqchiman. Erkinlik talab qiluvchi fuqarolarini ko‘rolmaydigan davlat pasportini saqlashda ma’ni yo‘q. Rossiya tabaaligidan chiqish uchun u yerga jismonan borib, ayrim qog‘ozlarni olishim lozim. Mening esa borgim kelmaydi – u yerda menga nisbatan jinoyat ishi ochilgan bo‘lishi mumkin, – deydi Vadim Shtepa.

Odatda Rossiya fuqaroligidan chiqish qiyin emas. Ammo Fuqarolik to‘g‘risida qonunning 20-moddasiga ko‘ra, Rossiya oldida o‘talmagan majburiyati (to‘lanmagan soliqlari yoki alimentlari) mavjud yoki jinoyatda ayblanayotgan, shuningdek “boshqa fuqaroligi va uni olishga kafolati bo‘lmagan” kishilar fuqarolikdan o‘chirilmaydi. Majburiyatlar soliq idorasi yoki KFMga borish bilan hal bo‘lsa, jinoiy ish ochilgan yoki ochilmaganini tekshirish qiyinroq. Boshqa mamlakat fuqaroligi yo‘qligi haqidagi band esa Shtepa kabilarga fuqarolikdan chiqishni rad etishga yo‘l beradi. Ana shunaqa yopiq doira ichida qolgan Vadim Shtepa.

Rossiyada yashab turib Rossiya fuqaroligidan qanday chiqish mumkin?

Rossiya pasportidan voz kechayotganlarning hammasi ham chet elda doimiy istiqomat qiladiganlar emas. Rossiyada yashab turib, mamlakat fuqaroligidan chiqayotganlar ham bor. Bu toifadagi kishilar yiliga 10-20 nafarni tashkil qiladi. Xususan, 2018 - yilda – 18, 2019 - yilda esa atigi 10 kishi shu tariqa Rossiya Federatsiyasi fuqaroligidan chiqqan.

Natalya Rossiya fuqaroligidan chiqishni 2016 - yilda rasmiylashtirgan. U so‘nggi 27 yildan beri Rossiyada yashab keladi: 13 yasharligida ota-onasibilan birga Latviyadan ko‘chib kelishgan. O‘sha paytda Natalyaning qo‘sh fuqaroligi bor edi, uzoq yillar bu muammo tug‘dirmagan. Biroq bir necha yil muqaddam ikkisidan birini tanlashga to‘g‘ri keldi, chunki Latviya qonunchiligi ikki davlat fuqarosi bo‘lishni taqiqlaydi.

Hujjatlarni rasmiylashtirish va Rossiya fuqaroligidan chiqishga jami 14 oy vaqt ketdi. Xorijda istiqomat qiluvchilardan farqli o‘laroq, RF pasportidan voz kechishni ixtiyor qilgan kishining arizasini Rossiya prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiya ko‘rib chiqadi. Komissiya majlisi to‘rt yilda bir marta bo‘ladi, fuqarolikdan chiqarish to‘g‘risidagi qaror esa shaxsan mamlakat prezidenti tomonidan imzolanadi.

– Hozir menda yashash uchun ruxsatnoma, RF tibbiy sug‘urta polisi va pensiya guvohnomasi bor. Men faqat saylovda ovoz bera olmayman xolos, boshqa masalalarda Rossiya fuqarolari bilan bir xil huquqlarga egaman, – deydi Natalya.

Ayolning tan olishicha, fuqarolik uchun ikki mamlakatdan birini tanlash unga sira qiyinchilik tug‘dirmagan. Latviya pasportidan voz kechish ancha katta yo‘qotish bo‘lardi.

– Latviyani juda yaxshi ko‘raman, uning tabaaligidan mahrum bo‘lish men uchun katta fojia bo‘lishi mumkin edi. Qolaversa, men oilam yashash uchun joy tanlovi masalasida kengroq imkoniyatlarga ega bo‘lishini xohlayman. Farzandimiz ikkala mamlakat fuqarosi va Latviya qonunchiligiga binoan, u 24 yoshga to‘lganida yashash uchun ikkisidan birini tanlashi mumkin bo‘ladi. Qolaversa, agar siz RF fuqaroligidan o‘z tashabbusingiz bilan chiqqan bo‘lsangiz, yana o‘z tashabbusingizga ko‘ra fuqarolikni tiklash huquqiga ega bo‘lib qolasiz, – tushuntiradi Natalya.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Таксист выстрелил из «травмата» в голову пассажиру в Москве

Диетолог Дианова: физнагрузки позволят избежать перееданий на фоне стресса

Новые требования к макаронным изделиям вступят в силу в Подмосковье с 1 августа

Московского дворника выдворят из страны за пропаганду ЛГБТ

Музыкальные новости

Парк "Три вулкана" Группы "Интеррос" задает "зеленые" стандарты качества отечественного туризма

"Спартак" отстранил форварда Соболева от тренировок с основной командой

На линии огня. Московские спасатели борются с пожарами по всей России

Уссурийский УЛРЗ проводит оздоровительную кампанию 2024

Новости России

Новые требования к макаронным изделиям вступят в силу в Подмосковье с 1 августа

Диетолог Дианова: физнагрузки позволят избежать перееданий на фоне стресса

В Омске нашли тело пропавшей 15-летней девушки из Москвы

Рэпер L'One купил квартиру родителям в Москве

Экология в России и мире

Главный врач клиники микрохирургии глаза АйМед Элина Санторо: что такое катаракта на самом деле

Не поможет и жвачка: Доктор Кутушов рассказал о причинах неприятного запаха изо рта

Парк "Три вулкана" Группы "Интеррос" задает "зеленые" стандарты качества отечественного туризма

Малинки – чудесный парк птиц в Ростовской области у трассы М4-Дон

Спорт в России и мире

Новак Джокович провёл первую тренировку на олимпийских кортах в Париже

Котов проиграл Берреттини в первом круге турнира ATP в Австрии

Саснович не вышла в четвертьфинал турнира WTA-250 в Румынии

Герасимов победил на старте турнира ATP Challenger Tour в Испании

Moscow.media

DCLogic вошла в топ-10 самых эффективных ИТ-компаний страны 2023 по версии CNews

Казанский вокзал

Свечение Жеребцовой горы...

Туманы начала июня на Ладоге











Топ новостей на этот час

Rss.plus






В Омске нашли тело пропавшей 15-летней девушки из Москвы

Следствие добавило блогеру Аязу Шабутдинову новые эпизоды мошенничества

Диетолог Дианова: физнагрузки позволят избежать перееданий на фоне стресса

Студенты ГУАП разработали инновационную конструкцию БПЛА