Добавить новость

43-летнюю модель Алессандру Амбросио засняли в бикини на бразильском пляже

В Сочи дождливые ночи: как ликвидируют последствия непогоды на курорте

Адвокат Сулим: Турция выдаст России подозреваемого в подрыве авто в Москве

Россияне получили предупреждение о мошенничестве с штрафами за доступ к запрещенным сайтам

World News


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Polshalik jurnalist A. Pikulitska Toshkentdan Istanbulga majburan uchirib yuborildi

Polshalik jurnalist A. Pikulitska Toshkentdan Istanbulga majburan uchirib yuborildi

7-8-9 - noyabr kunlari O‘zbek-qozoq chegarasida qolib ketgan polshalik mustaqil jurnalist Agneshka Pikulitska-Vilchevska, oxir-oqibat O‘zbekistonga kiritilmadi.

2 sovuq tunni chegarada o‘tkazgan jurnalistning aytishicha, 9 - noyabr tongda uni G‘ishtko‘prik-Jibek jolu chegara postidan olib, Toshkent aeroportiga olib borishgan va majburan Istanbulga uchirib yuborishgan.

Hozircha O‘zbekiston tomoni jurnalistning mamlakatga kiritilmagani va majburan boshqa davlatga chiqarib yuborilgani borasida biror rasmiy izoh bergani yo‘q.

The Guardian, Al Jazeera, The Diplomat va Eurasianet nashrlari bilan hamkorlik qilib kelgan mustaqil jurnalist, O‘zbekistonda ishlash uchun akkreditatsiya muddatini uzaytirish so‘rovi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan rad etilganini bildirgan edi.

Xorijlik jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, vazirlikning Rustam ismli xodimi O‘zbekiston haqida ijobiy maqolalar yozishini so‘rab, unga bosim o‘tkazgan va hatto jinsiy tegajog‘lik qilgan.

Shundan so‘ng jurnalist bir necha bor TIV, IIV va trollar tomonidan o‘ziga qarshi turli ko‘rinishlarda tahdid va haqorat kampaniyalari uyushtirilganini xabar qilgan.

 

9 - noyabr kuni Istanbul aeroportiga uchib borgan jurnalistning Ozodlikka xabar qilishicha, uni chegaradan aeroportga olib borganlar Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bo‘lgan:

“Bugun ertalab meni chegaradan 3 erkak aeroportga olib ketdi, ular Davlat xavfsizlik xizmatidan ekan. Bir do‘stim aeroportga jomadonimni olib kelib berdi, uyga borishimga ruxsat berishmadi. Bu albatta, juda og‘ir vaziyat. Lekin, hammasi joyiga tushadi. Hozir aeroportdaman, tezroq Polshadagi uyimga yetib olishni o‘ylayapman”.

Hozirgacha O‘zbekiston tomoni jurnalistning mamlakatga kiritilmay, 2 sutka davomida chegara postida tutib turilgan va so‘ngra majburan Turkiyaga uchirib yuborilgani borasida biror rasmiy izoh bergani yo‘q.

Qator xalqaro tashkilotlar va faollar, mustaqil jurnalist Agneshka Pikulitskaning mamlakatga kiritilmagani - Shavkat Mirziyoyev prezidentligining ikkinchi muddati boshlangan kezda yuz berganiga e’tibor qaratmoqda.

Agneshka yozgan tvitlarga izoh qoldirgan faollar matbuot va so‘z erkinligi borasida ketma-ket islohotlarni va’da qilgan Mirziyoyev hukumatining bu harakatini keskin qoralamoqda.

“@Aga_Pik (Agneshka Pikulitska) O‘zbekistonga kiritilmadi. Afsuski, bu Mirziyoyevning ikkinchi muddatidagi boshqaruvi qanday bo‘lishini ko‘rsatmoqda. Bu mustaqil ovozlarga jim bo‘lish va hukumatni tanqid qilmaslik kerak, degan ishoratni bermoqda”, deb yozdi jumladan Markaziy Osiyo bo‘yicha ekspert, jurnalist Joanna Lillis.

 

Human Rights Watch tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘limi direktori Xyu Villiamson Pikulitska masalasidagi xavotirlarini O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga bildirganini ma’lum qildi:

“Bu O‘zbekistonda matbuot erkinligi ahvoli, ayniqsa jurnalistlarga munosabatdan darak beruvchi yomon xabardir. Prezidentning inauguratsiya marosimidagi va’dalariyu mamlakatdagi asl vaziyat o‘rtasida keskin tafovut ko‘rinib qoldi. Human Rights Watch @Aga_Pik (Agneshka Pikulitska)ning mamlakatga kiritilmagani va mustaqil matbuotga munosabat masalasida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga bugun murojaat qildi”.

The Guardian, Al Jazeera, The Diplomat va Eurasianet nashrlari hamkori bo‘lgan va O‘zbekistondagi vaziyatni ham faol yoritib kelgan jurnalist so‘nggi bir yil ichida bot-bot O‘zbekiston jamoatchiligi diqqatiga tushdi.

U qator jiddiy muammolar - jurnalist va blogerlar faoliyatiga cheklov, ta’qiblar, jumladan bloger Miraziz Bozorovning ommaviy kaltaklanishi hamda qo‘lga olinishi, Internet tarmoqlarining bloklanishi, bundan tashqari Toshkentda daraxtlarning ayovsiz kesilishi kabi dolzarb masalalarni xorijiy matbuot va tarmoqlarda faol yoritdi.

Bunday chiqishlaridan so‘ng, har gal tanqidlarni to‘xtatish talabi bilan o‘ziga nisbatan bosim va tahdid bo‘lgani, hatto bir gal kaltaklanganini ham ochiq-oshkora bayon qilib bordi.

Xususan, Ichki ishlar vazirligi jurnalistni “O‘zbekiston Respublikasining “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni 6 - moddasi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni 7-moddasi hamda “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonuni 6-moddasi talablarini buzganlikda aybladi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi shu yilning iyun oyida - 3 yildan buyon O‘zbekistonda qolayotgan mustaqil jurnalistning akkreditatsiyasini uzaytirish so‘rovini tamoman rad etdi.

Rasmiy bayonotda “O‘zbekiston qonunchiligi buzilishi hollari qayd etilgani sababli” Pikulitskaning akkreditatsiya muddati uzaytirilmasligi aytilgan.

Pikulitskaning aytishicha, akkreditatsiya so‘rovi rad etilganidan so‘ng ham u O‘zbekistondan ketishni istamagan. Balki, qonuniy asosda - 30 kunlik vizasiz rejim tartibida qolayotgan edi.

Aynan shu bois, 7 - noyabr kuni 30 kunlik muddat bitishi bilan mamlakat chegarasidan chiqib, yana qayta kirish uchun o‘zbek-qozoq chegarasiga borgan va qayta kirayotganda to‘xtatilgan edi. 

Aytishicha, unga nisbatan rasmiy taqiqning paydo bo‘lishi va xususan, akkreditatsiyasi uzaytirilmayotgani sababi, shu yil fevral oyida Tashqi ishlar vazirligi xodimining unga “shilqimlik qilgani” va "bosim o‘tkazgani" haqida oshkora bayonot bergani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Xorijiy jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, o‘shanda vazirlikning Rustam ismli xodimi unga jinsiy tegajog‘lik qilgan va ijobiy maqolalar yozishini so‘rab, bosim o‘tkazgan.

“O‘sha yerda Rustam ismli, keyinchalik esa Ilhom bo‘lib chiqdi, xodim bilan bo‘lgan hodisadan keyin boshlandi hammasi. Keyin yana boshqa voqealar bo‘ldi, masalan IIV dan tahdidlar eshitdim, menga qarshi trollar kampaniyasi uyushtirildi, hukumat qo‘llagan blogerlar men haqimda har xil yolg‘on-yashiqlarni yozishdi... Achinarlisi, bularning hammasi Shavkat Mirziyoyev ikkinchi muddat prezidentlikka saylanganidan keyin sodir bo‘lmoqda”, dedi jurnalist 8 - noyabr kuni Ozodlik bilan muloqotda.

Pikulitska, o‘ziga nisbatan bosim va oxir-oqibat uni mamlakatga kiritmaslik qarori - Shavkat Mirziyoyev boshqaruvidagi bugungi O‘zbekiston hanuz so‘z erkinligiga tayyormasligi, tanqidga hanuz toqatsiz ekanidan dalolatdir, deb ta’kidlaydi.

O‘zbekistonda chet el OAVlariga ishlovchi muxbirlar "Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmati tomonidan akkreditatsiya qilinadi.

2005 - yilgi Andijon voqealaridan so‘ng O‘zbekistonda "Bi-Bi-Si", “Ozodlik” radiosi, “Amerika ovozi” va boshqa qator xalqaro ommaviy axborot vositalari akkreditatsiyadan mahrum qilingandi.

13 yillik uzilishdan so‘ng 2019 - yilda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi "Bi-Bi-Si", “Amerika ovozi” hamda "Farg‘ona" agentligi muxbirlarini akkreditatsiyadan o‘tkazdi.

O‘zbekistonda ishlagan xalqaro jurnalistlar akkreditatsiya jarayoni uzoq vaqt olishi va shaffof emasligini aytishadi.

AQSh Davlat departamenti shu yil aprelida e’lon qilgan yillik hisobotida O‘zbekistonda “xorijiy va mahalliy barcha ommaviy axborot vositalari subyektlari ro‘yxatdan o‘tishi va ularning muassisi, bosh muharriri va xodimlari ismlarini ko‘rsatishi shart qilib qo‘yilgani”ni tanqid qilgan.

“Hukumat ba’zi xorijiy jurnalistlar va ommaviy axborot vositalarini mamlakatda ishlash imkoniyatidan mahrum qilish uchun akkreditatsiya qoidalaridan foydalanadi. Masalan, hukumat Ozod Yevropa / Ozodlik radiosining akkreditatsiya uchun so‘rovini rad etishda davom etdi”, deyiladi AQSh Davlat departamenti hisobotida.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Адвокат Сулим: Турция выдаст России подозреваемого в подрыве авто в Москве

43-летнюю модель Алессандру Амбросио засняли в бикини на бразильском пляже

Спал со сжатыми кулаками. Мария Шукшина рассказала об отце, ушедшем в 45

Экраны Toshiba TV для UEFA EURO 2024 вывели игру на новый уровень

Музыкальные новости

D&D's new 2024 Player's Handbook will have 10 species to choose from including goliaths, and drow will be closer to their Baldur's Gate 3 version

Собянин: 19 москвичей победили во Всероссийском конкурсе «Большая перемена»

Парк "Три вулкана" Группы "Интеррос" задает "зеленые" стандарты качества отечественного туризма

Экс-игрок Мостовой: в матче с "Акроном" я увидел обычный "Локомотив"

Новости России

Исполнитель подрыва автомобиля военного в Москве ездил в Прагу

ДОНАЛЬД ТРАМП: ГЕРБ МОСКВЫ, ОТЕЦ ИЗ РОССИИ И ДРУГИЕ ВАЖНЫЕ СЕНСАЦИОННЫЕ ДАННЫЕ! Россия и США могут улучшить отношения в мире.

Спал со сжатыми кулаками. Мария Шукшина рассказала об отце, ушедшем в 45

Κοлοcc нa уpaнοвыx нοгax. Κaκ Ροccия мοжeт paɜpушить ϶нepгeтиκу Зaпaдa

Экология в России и мире

Кухня – рай для бактерий: доктор Кутушов рассказал о скрытых рассадниках микробов

Зима близко: Вильфанд предсказал скорое падение температуры, указав регионы, где это случится

Marc Jacobs FW-2024/25 (осень-зима 2024)

Первая выставка межрегионального проекта «Живописная Россия. По законам жанра» пройдет в Ставрополе

Спорт в России и мире

Тарпищев: Медведев не будет жить в Олимпийской деревне

Синнер не смог вылететь на Олимпиаду в Париж из-за проблем со здоровьем

Саснович уступила в финале турнира WTA-250 в Будапеште

Названа причина поражения Хачанова во втором круге Уимблдона

Moscow.media

Казанский вокзал

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: Родители 240,5 тыс. детей в Московской области получают единое пособие

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: За полгода 14,9 тысячи жителей Московского региона оформили страховую пенсию в автоматическом режиме на портале госуслуг

"Он очень больной мальчик": диаспора просит отпустить мигранта проломившего голову депутату Госдумы Матвееву.











Топ новостей на этот час

Rss.plus






Задержан турецкий байкер Обут, из-за которого погибла блогерша МотоТаня

ДОНАЛЬД ТРАМП И ЕГО ОТЕЦ ИЗ РОССИИ. СЕНСАЦИОННЫЕ ДАННЫЕ! Россия и США могут улучшить отношения в мире.

КНР призвала США не подрывать торговые отношения Пекина и Москвы

Новое жилье. Путин введет льготную ипотеку по 6% для семей с двумя детьми