Добавить новость

Что ждет YouTube в России: будущее платформы в условиях изменений

Ю.ОСЕТИЯ. Михаил Швыдкой: У отношений России и Азербайджана прочный фундамент

АБХАЗИЯ. Михаил Швыдкой: У отношений России и Азербайджана прочный фундамент

TMZ: Лопес официально подала на развод с Аффлеком

World News


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Bepul nonushta: maktablarda ovqatlanish prezidentlikka nomzodlarning markaziy mavzusiga aylandi

Kelasi 2022 - yildan Qoraqalpog‘istonda 1-4 boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul tushlik berish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda saylovoldi tashviqoti davomida gapirgan amaldagi prezident  Shavkat Mirziyoyev bepul tushliklar Xorazm maktablarida ham joriy etilishini aytdi. 24 - oktabrdagi saylovlarda  O‘zLiDeP dan prezidentlikka nomzodi Shavkat Mirziyoyev hozircha boshqa viloyatlarga bunday va’da berganicha yo‘q.


Maktablarda bepul nonushtalar joriy etilishi to‘g‘risida XDPning prezidentlikka nomzodi Maqsuda Vorisova ham o‘z saylovchilari bilan uchrashuvda gapirdi.


Nomzodlar maktablarga bepul tushlik va’da qildi

20 - sentabrdan O‘zbekistonda prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotiga start berildi.


Bir kun o‘tib, amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga safar qildi.


O‘zLiDeP nomzodi qoraqalpog‘istonliklar bilan uchrashuv davomida jumladan maktabda bolalarni ovqatlantirish masalasini ko‘tarib, 1-4 boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul tushlik berish yo‘lga qo‘yilishini aytdi. 


Nomzod bu amaliyotni hayotga tatbiq etish uchun byudjetdan yiliga 100 milliard so‘m ajratilishini ma’lum qildi.




“Buni nazorat qilinglar, korrupsiya bo‘lmasin. Boshqa hech bir hududda bunday bo‘lmagan. Buni o‘zim o‘ylab yozdim. Bolajonlarimning ko‘pining onasi kasal”, – dedi Mirziyoyev.


Shuningdek, prezident kelgusi besh yilda Qoraqalpog‘istonda maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 71 foizdan 87 foizga yetkazilishi, buning uchun yangi 40 ta davlat va xususiy, 525 ta oilaviy bog‘chalar tashkil etilishi, 73 ta davlat bog‘chasi rekonstruksiya qilinishi va yana 40 ming bolaga bog‘chaga borish imkoniyati yaratilishi aytildi.


Mirziyoyev e’lon qilgan 5 yillik Dasturga ko‘ra, qo‘shni Xorazmni rivojlantirishga 30 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.


Urganchlik saylovchilar oldida qilgan chiqishida O‘zLiDeP vakili Xorazmda ham kelgusi o‘quv yilidan boshlang‘ich 1-4 - sinf o‘quvchilariga bepul tushlik berish joriy etilishini bildirdi.




 


Amaldagi prezidentga ko‘ra, kelgusi besh yilda 17 ta yangi maktab quriladi, 248 tasi rekonstruksiya qilinadi va kapital ta’mirdan chiqariladi.


Maktablarda bepul nonushta boshqa partiyalar dasturiga ham kiritildi

Ayni damda boshqa partiya nomzodlari ham  bolalarni maktablarda bepul ovqat bilan ta’minlash masalasini o‘z saylovoldi dasturiga kiritganini ko‘rish mumkin.


Xususan, Xalq demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisova 22 - sentabr kuni sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul nonushtalar tashkil etilishini ta’kidladi. Vorisova xonim bepul nonushtadan tashqari, birinchi sinfga o‘quvchilarni  olti yarim yoshdan qabul qilish hamda maktab o‘quvchilari uchun jamoat transportlaridan foydalanish bepul asosda yo‘lga qo‘yilishini va’da berdi.




O‘zbekistonda 1991-94 - yillarda marhum prezident Islom Karimovning birinchi prezidentlik davrida maktablarda beshinchi sinfgacha o‘quvchilarga bepul nonushta berilgan, oliygoh talabalari oshxonalarida talonlar asosida ovqatlanish tizimi joriy qilingan edi.


Biroq rasman ochiqlanmagan sabablarga ko‘ra keyinroq bepul va subsidiyalangan ovqat bekor qilindi va bu masala umuman kun tartibidan tushib qoldi.


Bundan ikki yil oldin O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul nonushta tashkil etish tashabbusini ko‘tarib chiqqan edi. 


Sovet davrida qolib ketgan bufet

Bepul nonushta O‘zbekistonning boshqa mintaqalaridagi maktablarda ham joriy qilinadimi, yo‘qmi - hozircha noma’lum.


Bu masalada Ozodlikka o‘z fikrini bildirgan Sirdaryo viloyatida yashovchi to‘rt farzandning otasi Ibrohim saylovoldi va’dalariga ishonmay qo‘yganini aytadi.


- Bolalarim kattalari 4 va 5 - sinflarga boradi. Endi mustaqillik kirib kelgan vaqtlarda ovqat berardi. Unday keyin yo‘qolib ketdi negadir. 4-5 yil oldin katta o‘g‘lim maktabga borayotganda,  ota-onalar puliga ovqatlanishni tashkil qilgandi, lekin u ham yo‘q bo‘ldi. Bu haqda ko‘p gapirishadi, ko‘p harakat qilishadi, lekin natijasi yo‘q. Shuni aytdi – demak shunday bo‘larkan, degan gapga ishonmay qo‘yganman: fermerlar bilan tadbirkorlarga qancha va’dalar berildiyu, tagi bilan quritvorishdiku ko‘pini! Ilgari bufet bo‘lardi maktabimizda. Ochilsin bizda ham oshxonalar! -dedi Ibrohim.


Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi maktablardan birining ismini ochiqlamaslikni so‘ragan direktori, hech bo‘lmaganda boshlang‘ich sinflarga borayotgan bolalarga bepul ovqat tashkil qilinishiga umid bildirdi:


- Bufet degan narsa bizning bolaligimiz paytida bo‘lardi. Nima uchun Mustaqillik davrida biz bolalarimizning qornini to‘ydira olmayapmiz – bu savolga javob yo‘q. Kecha prezident 1-4 - sinflarni ovqatlantirishni va’da qildi – bizda ham joriy qilinishiga ishonib qolamiz. Bizda, masalan, birinchi smena tugashi bilan bolalar uyga borib ovqatlanib keladi. Keyin qo‘shimcha darslarini o‘tadi. Eski maktabimizda ovqatlanish xonalari bor edi – yangisida oshxonamiz yo‘q. Qo‘shrabot tumanida 90 ta maktab bo‘lsa,  5 yoki 6 tasida bufet ishlaydi.


"Bepul nonushta o‘rniga pul bering"

Bolalar nonushtasi birdaniga ikki nomzodning prezidentlik saylovoldi dasturi markaziy mavzusiga aylanganiga iqtisodchi bloger  Otabek Bakirov e’tibor qaratdi. 


U bepul nonushta ayrim ma’murlarning qo‘shimcha daromad manbaiga aylanib qolishidan xavotir bildiradi:


“...bepul nonushta ma’murchiligi o‘ta qimmat, samarasi esa o‘ta savolli xarajat bo‘ladi. O‘ta muvaffaqiyatli kechgan tarzda ham hokimlarning cho‘ntagi bo‘lgan firmalarning byudjet emadigan qo‘shimcha daromad vositasiga aylanadi. Shunday ekan, agar bolalarimizning ratsioni bizni o‘ylantirayotgan bo‘lsa, kam ta’minlanganlar va bolalar puli summasini ko‘paytirish samaraliroq ko‘rinadi. Ma’murchilik risklari ham karrasiga kam”, deb yozdi iqtisodiy tahlilchi o‘zining Bakiroo Telegram-kanalida.


O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligiga ko‘ra, 2020-2021 - o‘quv yilida O‘zbekistonning barcha hududlarida 10 181 ta ta’lim muassasalari faoliyat olib borgan.


Umumta’lim maktablarining qariyb 6 288 tasi qishloq joylarida, 3 893 tasi esa shaharlarda faoliyat yuritib keladi.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Ю.ОСЕТИЯ. Михаил Швыдкой: У отношений России и Азербайджана прочный фундамент

В Челябинске родители особых детей заявили о проблемах с загородными лагерями

TMZ: Лопес официально подала на развод с Аффлеком

Москву атаковали беспилотники

Музыкальные новости

В Сочи проходит Международный фестиваль-конкурс национальной патриотической песни «Красная гвоздика» имени Иосифа Давыдовича Кобзона

Собянин: ПВО сбили восемь вражеских беспилотников, летевших в сторону Москвы

Выставка «Инклюзивного искусства»

«Локомотив» обыграл ЦСКА в пятом туре РПЛ

Новости России

Собянин: силы ПВО отразили атаку беспилотника над Подольском

Синоптики спрогнозировали в Москве до +26 и преимущественно без осадков 21 августа

Даниил Спиваковский выступил на открытии фестиваля «Островский-FEST»

В Челябинске родители особых детей заявили о проблемах с загородными лагерями

Экология в России и мире

Сырник, приготовленный  по классическому рецепту, признан идеальным – исследование

Гастроэнтеролог Садыков: персики — сладкое лекарство от осени

Анекс сделал заявление о вылетах из 7 городов на популярный у россиян тропический остров

Dr. Bakers выпустил комикс, с помощью которого легко готовить сырники

Спорт в России и мире

Двумя сетами завершился финал Соболенко — Пегула в Цинциннати

Карацев победил Куако на старте квалификации US Open — 2024

Арина Соболенко поднялась на второе место в обновлённом рейтинге WTA

Медведев показал, как его семью встретили в Нью-Йорке перед US Open. Видео

Moscow.media

“Кирилл Вечер & Tassy”–музыкальный дуэт из Владимирской области.

БезМозговВодитель играл в «шашки» за рулём и убил 9-летнюю девочку

Сколько всего автомобилей в Москве? Новая статистика 2024 года

Жемчужина Владимирской области, Покрова на Нерли.











Топ новостей на этот час

Rss.plus






Роль Мьянмы в отношениях США и Китая. Какие факторы здесь надо учитывать России

Школьные залы чудесные. Столица готовит подарки к новому учебному году

Ю.ОСЕТИЯ. Михаил Швыдкой: У отношений России и Азербайджана прочный фундамент

В Челябинске родители особых детей заявили о проблемах с загородными лагерями