Добавить новость

Анастасия Талызина и Сергей Новосад сыграли свадьбу

«Спартак» — «Рубин» — 1:0. Видеообзор матча

Появились кадры с подозреваемыми в нападении на свадебный автобус в Щелкове

Подписка, разговор с экспертами и квиз: на ВДНХ стартовал медиафестиваль

World News


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

HRW ekspertlari: O‘zbekiston afg‘on qochqinlariga ko‘proq yordam berishi kerak

Diplomat nashri Human Right’s Watch ning Markaziy Osiyo bo‘yicha eksperti Mihra Rittman va ushbu tashkilotning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Hyu Uilyamsonning O‘zbekistonning afg‘on qochqinlari yuzasidan olib borayotgan siyosati borasidagi munosabati va takliflari bayon qilingan maqolani e’lon qildi.


Tolibon Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olganidan beri mamlakatning shimoliy qo‘shnisi O‘zbekiston xavf ostidagi minglab afg‘onlarni evakuatsiya qilishda uchoqlar uchun yoqilg‘i to‘ldirish va qochqinlarni uchinchi mamlakatga eltishdan avval vaqtincha qo‘nalg‘a sifatida G‘arb davlatlariga ko‘mak berdi.


O‘zbekiston, shuningdek, Afg‘onistondan qochgan yuzlab uchuvchilar va ularning oila-a’zolariga vaqtincha mezbonlik qilmoqda. Ekspertlarning fikricha, bu yordamlar O‘zbekistonning muhim hissasi, ammo mamlakat ko‘proq yordam bera oladi va shunday qilishi ham kerak.


O‘zbekiston boshqa hukumatlar tomonidan viza yoki boshpana berilishi mumkin bo‘lgan, ammo Afg‘onistondan chiqib keta olmayotgan minglab afg‘onlar uchun muhim darvoza bo‘lishi mumkin, deydi Human Right’s Watch ekspertlari. O‘zbekiston ta’qibdan qochayotgan afg‘onlarga chegaralarini ochishi mumkin.


Tolibon qo‘lida o‘lim va qiynoq kutib turgan afg‘onlarga yordam berish rasmiy Toshkentning inson huquqlari bo‘yicha majburiyatlariga muvofiq keladi va mamlakatning xalqaro maydonda muhimroq rol o‘ynashga tayyorligini namoyish qiladi, deydi ular.


Oxirgi haftalarda O‘zbekiston AQSh, Germaniya va boshqa hukumatlarga minglab afg‘onlarni o‘z hududi orqali evakuatsiya qilishga izn berdi. Bunga qo‘shimcha, 14 - avgust kuni Mozori Sharif toliblar qo‘liga o‘tgach, O‘zbekistonga qochgan bir necha yuz afg‘onga, jumladan 585 nafar afg‘on uchuvchilari va ularning oila a’zolariga vaqtincha boshpana berdi.


O‘zbekiston AQShdan uchuvchilar va ularning oilalarini o‘z hududidan olib chiqib ketishni so‘ragani xabar qilingan edi. AQSh Davlat departamenti ham ushbu masala yuzasidan o‘zbek hukumati bilan ishlayotganini ma’lum qilgan.


Muammo shundaki, O‘zbekiston o‘z chegarasini afg‘on qochqinlariga yopgan. Mamlakat BMTning 1951 - yilgi Qochqinlar bo‘yicha konvensiyasini imzolamagan, ammo inson huquqlari bo‘yicha boshqa xalqaro me’yorlarga ko‘ra, u odamlarni hayoti xavf ostida turgan joylarga qaytarib yubormaslikka majbur, deydi maqola mualliflari.


O‘zbekiston 20 - avgust kuni 150 nafar odamni Tolibon bilan kelishuvga ko‘ra Afg‘onistonga qaytarganini ma’lum qildi. Ekspertlar fikricha, bu holat juda xavotirlidir, zero O‘zbekiston odatiy xalqaro huquq tamoyillariga ko‘ra, odamlarni ularning hayotini xavfga qo‘yuvchi hududga qaytarishi mumkin emas.


Ammo 31 - avgust kuni xorijiy kuchlarni Afg‘onistondan olib chiqib ketish muddati tugagach, O‘zbekiston Germaniya vizasi bo‘lgan afg‘onlar uchun tranzit hudud sifatida yordam berishga rozi bo‘ldi.


Maqola mualliflari o‘zbek hukumati yaxshilikni oxirigacha qilib, uchinchi mamlakatga vizasi bo‘lgan yoki viza beriladigan afg‘onlarga tranzit hudud sifatida yordam berishi kerak deb hisoblaydi.


O‘zbekiston BMTning Qochqinlar bo‘yicha oliy komissarining ikki tomonlama qabul qilingan evakuatsiya dasturlari “afg‘onlarning boshpana so‘rash huquqini chelamasligi kerakligi” haqidagi chaqiruviga quloq tutishi kerak. 20 - avgust kuni chiqqan bayonotida BMT qochqinlar idorasi “barcha davlatlar afg‘onlarning odatiy yoki noodatiy shaklda bo‘lsin kelib boshpana so‘rash huquqini buzmasligi kerak”ligini ta’kidlagan.


Human Right’s Watch ekspertlari afg‘onlarni evakuatsiya qilish uchun o‘zbek hukumati bilan hamkorlik qilayotgan davlatlar Toshkentni moliyaviy qo‘llab‑quvvatlashi kerak deb hisoblaydi.


Ularning fikricha, afg‘onlarga vaqtincha mezbonlik qilish, boshpana izlovchilarga qo‘nib o‘tish uchun yordam berish nafaqat inson huquqini hurmat qilish sanaladi, balki ularning hayotini saqlab qoladi va bu o‘zbek hukumati o‘z bo‘yniga olgan majburiyat hamdir.


Prezident Shavkat Mirziyoyev 2016 - yili hokimiyatga kelganidan buyon O‘zbekiston avtoritar o‘tmishdan uzoqlashib, yangi sahifa ochganini ko‘rsatishga urinib keladi. Mamlakat BMT Inson huquqlari kengashiga ham kirdi, prezident esa “inson huquqlari islohotlarda markaziy o‘rin tutishi”ni ommatan e’lon qildi.


O‘zbekiston inson haqlari yuksak himoya qilinadigan davlatlar safidan joy olishi uchun ko‘p ish qilishi kerak, ammo xavf ostidagi afg‘onlarga yordamni kuchaytirish, qochqinlarga chegaralarni ochish orqali O‘zbekiston evakuatsiya qilishga urinayotgan boshqa hukumatlar ishiga katta hissa qo‘shadi, deydi maqola mualliflari.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

«Спартак» в меньшинстве победил «Рубин» в матче РПЛ

Ашот Бегларян: Надеюсь, в недалеком будущем великий дух предков возродится в нас

Основатель «Кофейного навигатора» Сергей Бабуров рассказал как кофейням справиться с нагрузкой в час-пик

Стало известно как настроить области печати таблицы в «Р7-Офис» 

Музыкальные новости

«Спартак» — «Рубин» — 1:0. Видеообзор матча

Антонов: Россия ставит перед США вопрос возврата захваченной дипсобственности

Дистрибьюция Музыки.

Московский "Спартак" обыграл казанский "Рубин" в матче РПЛ, играя в меньшинстве

Новости России

Матч «Легенд футбола» с любительской сборной прошел в Ногинске

Анастасия Талызина и Сергей Новосад сыграли свадьбу

Ашот Бегларян: Надеюсь, в недалеком будущем великий дух предков возродится в нас

Основатель «Кофейного навигатора» Сергей Бабуров рассказал как кофейням справиться с нагрузкой в час-пик

Экология в России и мире

37 российских туроператоров прекратили дальнейшую работу

Как увеличить прибыль клиники до 30%, повысив квалификацию врачей

Радио Romantika рекомендует open-air «Легенды мирового рока»

«Авторадио» погрузило гостей ММНК в атмосферу знаменитого мюзикла

Спорт в России и мире

«Как в итальянском ресторане»: Медведев в седьмой раз подряд вышел в третий круг US Open, Андреева вылетела

Хачанов проиграл Эвансу в матче первого круга Открытого чемпионата США

В тени фиаско Джоковича: Рублёв легко разобрался с Легечкой, Александрова чуть было не остановила Соболенко на US Open

Раскрыты все болезни Елены Рыбакиной. Она пропустила уже восемь турниров в 2024 году

Moscow.media

Bluetooth-сканер штрих-кодов SAOTRON P04 на базе CMOS-матрицы

Движение на перекрестке бульвара Архитекторов с улицей Волгоградской в Омске возобновят 31 августа

Соцфонд проиндексирует пенсии работающим пенсионерам в феврале

3 региона Северного Кавказа лидируют по частоте страховых случаев и рисков мошеннических действий по ОСАГО











Топ новостей на этот час

Rss.plus






Матч «Легенд футбола» с любительской сборной прошел в Ногинске

Основатель «Кофейного навигатора» Сергей Бабуров рассказал как кофейням справиться с нагрузкой в час-пик

«Странные странности» из интервью российского историка – мой ответ армянину, «не помнящему» своего армянства…

«Спартак» — «Рубин» — 1:0. Видеообзор матча