Добавить новость

В Москве суд арестовал военкома Преображенского района по делу о крупной взятке

МЧС РФ: пожар в здании Дворца культуры в Москве локализовали

Продолжается прием заявок на участие в кинофестивале «Будем жить»

Критика Запада: Боррель исключил любые официальные контакты с Путиным

World News


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

COVID-19 ga qarshi emlash: Mintaqa davlatlaridagi vaziyat

COVID-19 ga qarshi emlash: Mintaqa davlatlaridagi vaziyat

Shu kungacha O‘zbekistonda taqriban 500 ming kishi, Qozog‘istonda 800 mingdan sal ortiq, Qirg‘izistonda qariyb 15 ming kishi koronavirusga qarshi emlandi. Bu uch qo‘shni davlatda COVID-19 ga chalinish holatlari har kuni qayd etilmoqda.

O‘zbekistonning boshqa ikki qo‘shnisidan biri - Tojikiston rasmiylari joriy yil boshidan buyon hech kimga koronavirus yuqmaganini aytsa, yana bir qo‘shnisi - Turkmaniston hukumatiga ko‘ra, mamlakatda hech kim, hech qachon COVID-19 ga chalinmagan.

O‘zbekiston 

Mintaqaning eng ko‘p aholisi yashaydigan (34 million 700 ming)  O‘zbekistonga, Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar qilishicha, 23 - aprel kuni Rossiyada ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaksinasining birinchi partiyasi keltirilgan. SSV ilk partiyada Toshkentga qancha doza vaksina olib kelinganini ochiqlamadi.

Vazirlik Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi ishlab chiqqan “Sputnik V” vaksinasi O‘zbekistonda ommaviy foydalanish uchun o‘zbek rasmiylari tomonidan shu yil fevral oyida sertifikatlagani va tasdiqlaganini qayd etgan.

Shu kunda O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash uchun Britaniyaning AstraZeneca hamda Xitoyning O‘zbekiston bilan hammualliflikda ishlab chiqargan ZF-UZ-VAS2001 vaksinasi vaksinalaridan foydalanilmoqda.

SSV qaydicha, shu kunda O‘zbekistonga ZF-UZ-VAS2001 va AstraZeneca vaksinalarining qo‘shimcha dozalarini olib kelish bo‘yicha ham ishlar olib borilyapti.

21 - aprel kuni O‘zbekistonda jami 28405 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi va emlanganlarning umumiy soni 486 960 nafarga yetdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil ikkinchi choragida O‘zbekistonda 4 millionga yaqin fuqaroni COVID-19 ga qarshi emlash rejalangan. 2021 - yil oxiriga borib bu ko‘rsatkich 7 millionga o‘sishi mumkinligi aytilmoqda.

Qozog‘iston

Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar qilishicha, 23 - aprel  tongigacha bu mamlakatda koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi komponentini 823 498 kishi yoki aholining 4,3 foizi oldi.

Coronavirus2020.kz sayti ma’lumotlariga qaraganda, aholi soni  19 million kishini tashkil etadigan Qozog‘istonda  koronavirusga qarshi emlash ishlari 2021 - yilning 1 - fevralidan boshlangan. Emlashda Rossiyada ishlab chiqarilgan Gam-KOVID-Vak («Sputnik V») vaksinasi qo‘llanmoqda.

15 - fevraldan esa, Qarag‘anda fermatsevtika markazi bazasida ishlab chiqarilgan Gam-KOVID-Vak vaksinasidan ham foydalanilishi aytilgan. Coronavirus2020.kz sayti 2021 yilning 2- choragidan boshlab emlash jarayoniga Qozog‘istonning o‘zida ishlab chiqarilgan QazCovid-In preparatidan ham foydalanish rejalashtirilganini xabar qilgan edi.

Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar qilishicha, 22 - aprelda bu mamlakatda 2894 kishining PTsR testi ijobiy chiqqan, ya’ni koronavirusga chalingan. Bir kun oldin bu raqam bittaga kam edi.

2020 - yilning martidan buyon virus yuqtirib olgani laboratoriyada tasdiqlanganlarning rasmiy soni 300 ming kishidan ortgan bo‘lib, 22 - aprelda 300 733 nafarni tashkil qildi, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 3512 kishi bu kasallikdan vafot etdi.

Qirg‘iziston

Qirg‘izistonda 23 - aprel kuni Rossiyada ishlab chiqarilgan "Sputnik V" vaksinasi bilan emlash boshlandi. Bu haqda xabar qilgan Qirg‘iz respublikasi Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy taraqqiyot vazirligiga ko‘ra, bu vaksina bilan yoshi 65 dan o‘tganlar emlanadi.

"Sputnik V" vaksinasining birinchi partiyasi 20 ming dozadan iborat bo‘lib, u Rossiyadan Qirg‘izistonga 22 - aprelda kelgan. Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy taraqqiyot vaziri Alimkadir Beyshenaliyev jurnalistlarga vaksinaning bir dozasi 10 dollar ekanini aytgan.

6,5 million aholiga ega Qirg‘iziston Rossiyaga bir million doza vaktsinaga buyurtma bergan.

Mamlakat bosh vaziri Ulukbek Maripovga ko‘ra, joriy yil mayida Qirg‘izistonga Avstriyadan Oksford universiteti bilan "AstraZeneca" kompaniyasi ishlab chiqargan vaksina ham keladi.

Qirg‘izistonda koronavirusga qarshi emlash jarayoni shu yilning 29 - martida Xitoyning "SinoPharm" preparati bilan boshlangan. Hukumat raisi emlanishni xohlovchilar oilaviy shifokorlar markazlari vaksina olishi mumkinligini aytgan. 23 - aprelgacha Qirg‘izistonda 14861 kishi koronavirusga qarshi emlandi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda 2020 - yilning martidan buyon koronavirus 93 278 kishiga yuqqan, virusdan 1573 vafot etgan.

Tojikiston

Tojikistonda COVID-19ga qarshi emlash ishlari martning so‘nggi kunlarida boshlangan. Ozodlik radiosi tojik xizmatining rasmiy ma’lumotlarga tayanib,  xabar qilishicha, 18 - aprel holatiga Dushanbe shahridagi 15 690 o‘qituvchining 60 foizdan ziyodi vaktsina olib bo‘lgan. Birinchi navbatda sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalari, aeroport va mehmonxona xodimlari emlanmoqda.

Tojikiston koronavirusga qarshi emlashni uch bosqichda o‘tkazishi, bu jarayon 5,8 million kishi (Aholisi 9,5 million kishi), ya’ni yoshi 18 dan katta aholining barchasini qamrab olishi e’lon qilingan. O‘tgan hafta oxiridagi ma’lumotga qaraganda, mamlakatga 192 000 dozada AstraZeneca vaksinasi olib kelingan.

Tojikiston rasmiylariga ko‘ra, joriy yil boshidan buyon mamlakatda hech kimga koronavirus yuqmagan. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga qaraganda, Tojikistonda COVID-19 13 mingdan ziyod kishiga yuqqan, 90 kishi shu kasallikdan vafot etgan. Biroq tojikistonlik mustaqil tahlilchilar bu ma’lumot va raqamlarga ishonmasligini aytib keladi. Ular fikricha, kasalga chalinganlar ham, vafot etganlar ham rasman tan olinayotganidan ancha ko‘pdir.

Turkmaniston

6 millionlik Turkmaniston hanuzgacha biror kishiga ham koronavirus yuqqani rasman qayd etilmagan mamlakat bo‘lib qolmoqda. Nafaqat Markaziy Osiyo, balki dunyodagi eng yopiq mamlakatlardan biri bo‘lib qolayotgan Turkmanistonda, garchi rasman hech kimga koronavirus yuqmagan bo‘lsada, aholini emlash boshlangan. Ozodlik radiosi turkman xizmati 7 - aprelda Ashxoboddagi maktablar o‘qituvchilari ommaviy tarzda Xitoy vaksinasi bilan bepul emlanayotganini xabar qilgan edi.

Ayni paytda mamlakatda Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasi bilan ham emlanish mumkin. Faqat bu vaksina pulli: bir dozasi 1000 manat, Turkmaniston Markaziy banki kursi bo‘yicha 285 AQSh dollari turadi.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Продолжается прием заявок на участие в кинофестивале «Будем жить»

Пассажирский Airbus вернулся в Шереметьево из-за отказа метеолокатора

В Москве суд арестовал военкома Преображенского района по делу о крупной взятке

В заповеднике коал людям запретили брать животных на руки

Музыкальные новости

Канал ТНТ объявляет о старте съемок нового спортивного шоу «Игры без границ»  

Погружение на 124 метра после двух пересадок роговицы

Кинопоказы шоу студии юмориста Гудкова отменили в Череповце, Тольятти и Мытищах

Лавров: России, КНР и Монголии интересна интеграция экономических проектов

Новости России

Критика Запада: Боррель исключил любые официальные контакты с Путиным

Валуев заявил, что сочувствует российским атлетам, которые едут на Олимпиаду

Хирургу из Лобни вручили свидетельство на социальную ипотеку

«Открытый перелом»: очевидец ДТП на Кутузовском рассказал о спасенной женщине

Экология в России и мире

Совершенствование квалификации педагогов-психологов: круглый стол МГППУ, 26 июля

Туристов предупредили о болезни, от которой умирает каждый пятый - эта зараза сейчас стремительно распространяется по курортным странам

Готовь лыжи летом

Йошкар-Ола готовит будущих чемпионов по фитнес-аэробике РФ

Спорт в России и мире

Медведев едва не проиграл на неудобном корте Уимблдона. Россиянин с трудом вышел в третий круг

Россия — первая по теннисным отказникам! Почему сразу девять наших сказали «нет» Олимпиаде в Париже

Рублёв впервые с 2021 года проиграл в первом круге турнира Большого шлема

Звезда «Гонки» Даниэль Брюль снимет байопик о немецком теннисисте Готфриде фон Крамме

Moscow.media

Konica Minolta оказала содействие компании «ЭвоКом» при переходе на отечественный Service Desk ITSM 365

«Грузовичкоф Бизнес»: год перевозим на новый уровень

В Екатеринбурге восьмиклассница оформила на мать кредит для мошенников

Столичный спецназ Росгвардии завершил полевой выход в Подмосковье











Топ новостей на этот час

Rss.plus






Росреестр объяснил важность самообследования земельного участка

Пассажирский Airbus вернулся в Шереметьево из-за отказа метеолокатора

Один человек погиб и два пострадали в результате аварии на Кутузовском проспекте

Валуев заявил, что сочувствует российским атлетам, которые едут на Олимпиаду