Добавить новость

Движение на улицах столицы перекроют из-за велогонки La Strada

Артисты из Москвы выступили перед бойцами группировки войск «Восток»

Побьет все рекорды: на Россию надвигается жара до +38 градусов. Вильфанд предупредил о жарком месяце

Разуваева: свыше 70 пар вступили в брак на праздниках в День молодежи

World News


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Zo’rTV jurnalistlari gaz-svet muammosi va mitinglarni yoritmaslik haqida ogohlantirildi

Zo’rTV xususiy telekanalining joylardagi muxbirlariga aholining gaz-svet taqchilligi va bu kabi muammolardan noroziligini yoritmaslik haqida ko‘rsatma berilgan.

Ozodlikka bog‘langan bir necha jurnalistga ko‘ra, Qarshi tumanida aholining norozilik yig‘ini aks etgan lavha efirga berilgach, tahririyat Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) tomonidan ogohlantirilgan.

Jurnalistlarga TV rahbariyati yo‘llagan ko‘rsatmada, "AOKA va bir qator idoralar" e’tirozi bois ommaviy yig‘ilishlarni yoritmaslik, zarurat paydo bo‘lsa, norozilar orasidan "bir kishini chetga tortib,  alohida intervyu qilish” so‘raladi.

Telekanal ma’muriyati jurnalistlar faoliyati cheklanayotganini rad etdi va aholi murojaatlari o‘rganilayotgani hamda efirga olib chiqilayotganini ta’kidladi.

 

 

“Hokim bilan yuzma-yuz”

Zo’rTV xususiy telekanali bilan hamkorlik qilgan mahalliy jurnalistning xabar qilishicha, telekanalning Qashqadaryo viloyatidagi muxbiri 11 - noyabrda efirga uzatgan lavhadan keyin mahalliy muxbirlar faoliyatiga cheklovlar o‘rnatilgan.

“Qarshi tumanida svet-gaz muammosidan norozi  odamlarning chiqishi  va hokim bilan uchrashuvi Bu kun axborot dasturida ketgan efirga. 11 - noyabr kuni “Hokim bilan yuzma-yuz” degan. O‘shandan keyin boshlandi. Muharrirlari bularga aytgan, aholini ommaviy yig‘ilishlarini efirga olib chiqmanglar, bizga tepadan rosa qattiq gap tegdi, deb”, - dedi ismini oshkor qilmaslikni so‘ragan jurnalist.

U tilga olgan lavhada – Qarshi tumani aholisi va hokimi Maqsuda Mustafoyevaning tortishuvlari aks etgan. Aholi hokimdan tabiiy gaz bilan ta’minlashni, ularning og‘ir ahvolini uylariga borib ko‘rishni talab qiladi. Hokim esa bu masalani respublika rahbariyati hal qilishi mumkinligini aytish bilan cheklanadi.

Hokim yig‘ilganlarga "sizlarning ovozingizni aslida bu darajada ko‘tartirayotgan narsa mana shu matbuotimiz", deyishi ortidan aholining norozi ohangdagi hayqiriqlari eshitiladi.

Muharrir: Topshiriq shunday

Mahalliy  jurnalistga ko‘ra, lavha efirga uzatilgach, telekanalning iijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylangan, ammo qisqa fursat ichida olib qo‘yilgan.

26 - noyabr kuni bu lavha telekanal sayti va tarmoqlaridagi sahifalaridan topilmadi. Ammo  o‘zbekistonlik jurnalist Ozodlikka tarmoqlardan olingan videolavhani ham taqdim qildi.

“O‘sha kuni jurnalistga MXXdan, TV rahbarlaridan qo‘ng‘iroq bo‘lgan. Keyin esa, viloyatlardagi muxbirlar yuborgan lavhalar efirga berilmagan. Kuni kecha o‘sha axborot dasturining muharrirlari jurnalistlarga ana shu lavhadan keyin axborot ko‘rsatuvi tepadan qattiq nazorat qilinayotganini aytishibdi. U jurnalistning lavhalari efirda ketmayapti”, - dedi ismini oshkor qilmaslikni so‘ragan mahalliy jurnalist.

U telekanal muxbirlariga Telegram tarmog‘ida yo‘llangan bir necha ko‘rsatmani  Ozodlikka taqdim qildi.

Jumladan, telekanal muharriri yo‘llagan ko‘rsatmada aytilishicha, “AOKA va yana bir qator tashkilotlar” tomonidan aynan Zo’rTV da Qarshidan uzatilgan lavhada norozilik  namoyishi ko‘rsatilgan va bu “davlat imijiga minus ta’sir qiladigan holat”, degan e’tiroz bildirilgan.

Muharrir shundan kelib chiqib o‘z muxbirlariga, "50 ta odam yig‘ilgan bo‘lsa ham, bir kishini chetga tortib olib, intervyu qilishni tayinlaydi". Uning so‘zlariga ko‘ra,  " topshiriq shunday".

Ozodlik Qarshidan yo‘llangan lavha muallifi – qashqadaryolik jurnalist Ziyovuddin Hasanov bilan bog‘landi. Jurnalist bu borada biror izoh berolmasligini bildirdi.

Zo’rTV telekanalida efirga beriladigan Bu kun axborot dasturi tahririyati vakili Ma’rufxo‘ja Xo‘janqulov, Ozodlik muxbiri bilan mikrofonsiz muloqotda AOKA tomonidan cheklov qo‘yilgani yoki ogohlantirish bo‘lganiga oid shikoyatlarni rad etdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra,  "aholi murojaatlari o‘rganilmoqda va efirga berilmoqda".

Zor'rTV jurnalistlarining aholi muammolari va norozilik chiqishlarini yoritmaslik to‘g‘risida ogohlantirilgani haqidagi xabar qator mustaqil nashrlarga o‘xshash mazmunda rasmiy Ogohlantirish xati yuborilgan paytga to‘g‘ri kelmoqda.

26 va 27 - noyabr kunlari  Kun.uz,  Gazeta.uz, Podrobno.uz  va Daryo.uz nashrlari Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Asadjon Xodjayevning Ogohlantirish xati va unga tahririyat javobini e’lon qildi.

Mustaqil nashrlar  tanqidiy chiqishlar uchun "jiddiy huquqiy oqibatlardan" ogohlantirgan AOKAni o‘zlariga bosim o‘tkazishga urinishda ayblamoqda.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

В Тульской области вырос экзотический сад размером с Красную площадь

La Strada в Москве: ограничения движения запланированы на 30 июня

Новый руководитель Евросоюза

Разуваева: свыше 70 пар вступили в брак на праздниках в День молодежи

Музыкальные новости

«Вы приехали на год раньше»: телеканал ТНТ, студия SVERDЛOVSK и Централ Партнершип представляют первый тизер-трейлер фильма «Беляковы в отпуске»

Бизнес наставник для предпринимателей – ключ к успеху в бизнесе

Пожилой мужчина погиб при лобовом столкновении с грузовиком в Подмосковье

Утоление голода. Бизнес участвует в подготовке специалистов

Новости России

Разуваева: свыше 70 пар вступили в брак на праздниках в День молодежи

Пострадавшего от нападения собак мальчика перевезут в клинику Рошаля

Нужна деликатность: депутат Хамзаев высказался об инициативе запрета на ношение никаба

Синоптики пообещали москвичам до 30 градусов жары и грозы 30 июня

Экология в России и мире

Областная наркологическая больница продолжает неделю, приуроченную к Международному дню борьбы с наркоманией

Регистрация на Международную выставку FASHION STYLE RUSSIA ОТКРЫТА!

"Интеррос", "Атомайз", Эрмитаж и Т-Банк готовят второй этап проекта «Цифровое искусство»

За запрет туризма ответите: в Москве несостоявшийся турист разбил камнем посольство Норвегии в знак протеста против закрытой границы

Спорт в России и мире

Лучшая теннисистка России повторила достижение Рыбакиной

Тернистый путь: Медведеву и Андреевой не повезло с жеребьёвкой на Уимблдоне, у Калинской и Рублёва сетки полегче

Теннисисты Котов и Калинская получили приглашение на Олимпиаду в Париже

Жертва абьюза? В сети разнесли бросившую свою дочку Алесю Кафельникову

Moscow.media

Призрачный остров...

Инициатива об увеличении лимитов ОСАГО в рамках европротокола – мнение экспертов

В Москве пройдет 19-я выставка «Интеравто»

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: Родители 240,5 тыс. детей в Московской области получают единое пособие











Топ новостей на этот час

Rss.plus






Артисты из Москвы выступили перед бойцами группировки войск «Восток»

Побьет все рекорды: на Россию надвигается жара до +38 градусов. Вильфанд предупредил о жарком месяце

На драфте НХЛ выбрано 26 россиян

Стелу в память об участниках ВОВ открыли в Мытищах