Добавить новость

Посольство назвало обвинения в кибератаках частью пропаганды США против РФ

Сергунина: Московский проект «Контуры культуры» получил международную награду

Задержан участник избиения владельца сети World Class из-за шаурмы в Подмосковье

В Якутске задержали 40 участников массовой драки



World News


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Aka - boshliq, uka - o‘rinbosar? Davlat korxonalarida manfaatlar to‘qnashuvi

Aka - boshliq, uka - o‘rinbosar? Davlat korxonalarida manfaatlar to‘qnashuvi

Qoraqalpog‘istonlik deputat “To‘rtko‘l tuman gaz ta’minoti korxonasi rahbari qarindosh-urug‘lari bilan butun gaz ta’minotini egallab olib, xohlagan ishini qilayotgani”ni iddao qildi. Deputatning Ozodlikka aytishicha, uning Prezidentga yozgan shikoyati natija  bermagan.

Korxonani “qarindosh-urug‘lari bilan egallab olgani” iddao qilingan rahbar deputatning iddaolarini qat’iyan inkor qildi.

Deputat va korxona rahbari o‘rtasida bir yildan buyon davom etayotgan ziddiyat davlat korxonalarida manfaatlar to‘qnashuvi oldi olinganmi, degan savolni o‘rtaga chiqardi.

“To‘rtko‘l Standart Testing” MChJ rahbari, Xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman kengashi deputati, O‘zLiDeP a’zosi Asilbek Duysenovning Ozodlikka 11 - noyabrda bildirishicha, u To‘rtko‘l tuman gaz ta’minoti rahbari ustidan mamlakat prezidentiga 2019 - yilning 23 - avgustida shikoyat xati bilan murojaat qilgan.

Bir korxonadagi "bir necha Abdullayev"

Deputat nusxasini Ozodlikka taqdim etgan 3 betlik shikoyat xatining birinchi betida tuman gaz korxonasi rahbari va unga familiyadosh kishilar ro‘yxati keltirilgan.

Ro‘yxatda korxona rahbari Abdullayev A’zamjonning, shuningdek, boshqa Abdullayevlar - A’zamjonning "otasi, ukasi, kuyovi, tog‘asi, jiyani" va boshqalarning ismlari, egallab turgan lavozimlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Ro‘yxatda, masalan, tumangaz rahbarining otasi (Erkin) gaz hisoblagichlarni ta’mirlash xizmati rahbari, ukasi (Akbar) esa, korxona ish boshqaruvchisi deb ko‘rsatilgan.

Deputat Asilbek Duysenov Prezidentga yozgan shikoyatida tumangaz rahbari va uning qo‘l ostida ishlayotgan qarindoshlarini korrupsiyada, gaz ta’minoti va yondosh xizmatlar sohasida tumanda monopolist bo‘lib olganlikda ayblaydi. “Boshliqning sherikligida tashkil qilingan gaz hisoblagichlarni ta’mirlash ustaxonasi boshqa shu kabi xususiy korxonalarga ishlashga yo‘q qo‘ymayapti”, deyilgan xatda.

Deputatning uch betli xatida tumangaz rahbari Akbar Abdullayevning bir qator “kirdikorlari ochilgan” va Prezidentdan gaz hisoblagichlarni tekshiruvdan o‘tkazish huquqini xususiy korxonalarga ham berish hamda tumangaz rahbari va uning qarindoshlariga nisbatan qonuniy chora ko‘rish so‘ralgan.

Deputat Duysenov Prezidentga yozgan xatida keltirilgan iddaolarni Ozodlik bilan 11 - noyabr kungi suhbatda ham takrorladi.

Asilbek Duysenovning aytishicha, uning mamlakat prezidentiga 2019 - yilning 23 - avgustida yozgan shikoyat xatiga yaqinda javob xati kelgan, biroq xatda shikoyatda tilga olingan "faktlar tasdiqlanmagani" aytilgan.

Korxonada faqat bir Abdullayev

Ozodlik 11 - noyabr kuni To‘rtko‘l tuman gaz ta’minoti korxonasi boshlig‘i Akbar Abdullayev bilan ham bog‘landi. 2018 - yil aprelidan buyon tumangazni boshqarib kelayotgan 39 yashar A’zamjon Abdullayev deputatning shikoyatida tilga olingan har bir qarindoshi bo‘yicha ma’lumot berdi.

Abdullayevning aytishicha:

uning otasi Erkin Xusinbayevich nafaqaga chiqqan va shu kunda “To‘rtko‘ltumangaz”da ishlamaydi;

ukasi Akbar “To‘rtko‘ltumangaz”da 2010-yildan dispetcher lavozimida ish boshlagan, 2012-yildan buyon “Avtotransport” filialida shofyorlik qiladi;

kuyovi Fayzulla “To‘rtko‘ltumangaz”da 2008-yilda haydovchi sifatida ish boshlagan, hozir ham shu ish bilan band;

Tumangaz rahbari Akbar Abdullayev boshqa qarindoshlari to‘g‘risida ham Ozodlikka shunga o‘xshash ma’lumotlar taqdim etdi. Boshliqning aytishicha, otaliq korxona - “Shimolgazta’minot” vakillari deputatning shikoyati yuzasidan tekshiruv o‘tkazgan va unda keltirilgan da’volar tasdig‘ini topmagan.

Ozodlik Nukusda joylashgan “Shimolgazta’minot”ga qo‘ng‘iroq qilib, tekshiruv o‘tkazgan mulozimlar bilan bog‘lana olmadi.

Akbar Abdullayevning javobini eshitgach, Ozodlik uning ustidan shikoyat qilgan deputat Duysenov bilan yana bir marta bog‘landi. Duysenov “Abdullayevning javoblari mening so‘zlarimni isbotlab turibdi”, dedi.

Ozodlikda deputatning ham, tumangaz boshlig‘ining so‘zlariga ham ishonmaslikka asos yo‘q.

 

Manfaatlar to‘qnashuvi nima?

Toshkentlik huquqshunos Ilhom Sultonovning aytishicha, bitta korxona rahbariyatida bitta oila-a’zolari yoki yaqin qarindoshlarning to‘planib qolishi “manfaatlar to‘qnashuvi”ning ko‘rinishlaridan biridir.

Huquqshunosga ko‘ra, “Manfaatlar to‘qnashuvi” tushunchasiga qonunda mana bunday izoh berilgan:

“Manfaatlar to‘qnashuvi shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatdir.

Huquqshunos bu masalani tartibga soluvchi hujjatlardan biri sifatida “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni tilga oldi.

2016 - yilning 16 - martida prezident Mirziyoyev imzolagan mazkur qarorga ilovaning “Manfaatlar to‘qnashuvi” deb ataluvchi III bandi, 14 - moddasida mana bunday deyilgan:

 

"Davlat xizmatchilari o‘z xizmat vazifalarini bajarishda manfaatlar to‘qnashuviga sabab bo‘ladigan shaxsiy manfaatdorlik holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari kerak.

 

Manfaatlar to‘qnashuvi davlat xizmatchilarining shaxsiy manfaatlari ularning o‘z xizmat vazifalarini xolisona va beg‘araz bajarishiga ta’sir ko‘rsatadigan yoki ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan holatlarda paydo bo‘ladi.

 

Davlat xizmatchilarining shaxsiy manfaatdorligi ularning shaxsan o‘zi yoki yaqin qarindoshlari, shuningdek ular yaqin yoki ishbilarmonlik munosabatlarida bo‘ladigan boshqa shaxslar uchun har qanday naf ko‘rish yoki afzalliklarga ega bo‘lishni o‘z ichiga oladi.

 

Manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda davlat xizmatchilari o‘z rahbarini darhol xabardor qilishi kerak".

 

Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotni olgan rahbar uni tartibga keltirish bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rishi shart.

Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga qaratilgan bunday talablar, huquqshunos Ilhom Sultonovning aytishicha, 2017 - yilning 3 - yanvarida prezident imzolagan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunda ham nazarda tutilgan.

 

Deputat so‘rovi

To‘rtko‘llik deputat Asilbek Duysenov 11 - noyabrda Ozodlikka yana bir hujjatni – tumangaz rahbari A’zam Abdullayevga 2019 - yilning 2 - mayida yo‘llagan deputatlik so‘rovi nusxasini taqdim etdi. Nafaqat to‘rtko‘lliklar, balki suyultirilgan gaz yoquvchi barcha o‘zbekistonliklarni qiziqtiradigan savollar aks etgan bu so‘rovga, deputatning aytishicha, u hanuz javob olmagan. Quyida o‘sha hujjat bilan tanishishingiz mumkin:

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Симоньян: президент Никарагуа поблагодарил RT за правдивое освещение событий в его стране

«МК»: поезд отрезал голову педофилу недалеко от Павелецкого вокзала

Роспотребнадзор заявил о случаях лихорадки Западного Нила в России

Бывший министр спорта Дагестана попытался покончить с собой в «Матросской Тишине»

Музыкальные новости

Ростовский ЭРЗ Желдорреммаш в 4,2 раза увеличил объем ремонта электровозов серии 2ЭС5К «Ермак».

Запашный пришел поддержать Исмаилова перед боем с Минеевым

Сергей Собянин сообщил о начале реставрации фасадов дворца Дурасова

Релиз трека. Релиз новой песни. Релиз сингла. Релиз Музыкального альбома.

Новости России

«Спартак» проиграл в первом матче РПЛ под руководством тренера Станковича

Почти 50 спортсменов принял участие в турнире по настольному теннису в Пскове

SHOT: в Москве суд арестовал сотрудника кафе, избившего экс-гендира World Class

В стационарах лечение после отравления продолжают 11 пациентов с ботулизмом

Экология в России и мире

Трезвость как основа жизни: больше половины выпускников «Урала без наркотиков» справляются с зависимостью

Филиал «Красноярский» компании «ЛокоТех-Сервис» стал партнером создания образовательно-производственного центра

Потеря слуха и её последствия: как справиться с проблемой

Певец Дмитрий Камский готовит к релизу новый сингл "Песня Земли"

Спорт в России и мире

Шнайдер прошла в финал турнира WTA в Будапеште

Экс-теннисист Ольховский: победа Медведева над Синнером была неожиданной

Рафаэль Надаль вышел в финал турнира в Бостаде

Уроженка Самарской области выступит на Олимпиаде в Париже

Moscow.media

Готовность моста через Каму – 80%

После вмешательства транспортной прокуратуры восстановлено техническое состояние объектов железнодорожной инфраструктуры

Чиновника-уголовника подозревают в растрате более 220 млн рублей

БУНТ "БЕЗОТКАЗНОГО ГОРОДА": МИГРАНТЫ ПОЛУЧИЛИ НЕОЖИДАННЫЙ ОТПОР. И РУССКИМ ЭТО ПОНРАВИЛОСЬ











Топ новостей на этот час

Rss.plus






Экс-министр спорта Дагестана пытался покончить с собой в «Матросской тишине»

Вместо трёхразового питания - расстрел. Бастрыкин честно о террористах: "Я себе не могу позволить"

Почти 50 спортсменов принял участие в турнире по настольному теннису в Пскове

Дожди прольются на трассу М-4 «Дон» в Воронежской области