Sarlavhaga chiqarganimiz savol go‘sht yetishtirish 2018 yili 2017 yilga qaraganda 56,5 foizga kamayib ketgani to‘g‘risidagi ma’lumotdan paydo bo‘ldi va uni o‘zbekistonlik iqtisodchi, Ostona shahridagi Yevroosiyo universiteti dotsenti Saparboy Jubaevga berdik.
Joriy yilda nafaqat go‘sht, balki qishloq xo‘jalik mahsulotlarining pilladan boshqa barcha turlarini yetishtirish keskin qisqarib ketdi: bug‘doy 27 foizga, paxta 21,5 foizga, sabzavot 21,5 foizga, kartoshka 20 foizga, poliz mahsulotlari 23,2 foizga, meva 31,4 foizga, uzum 24,8 foizga, go‘sht 56,5 foizga, sut 22,3 foizga kam ishlab chiqarildi.
O‘sish faqat pillachilik sohasida qayd etildi: bu yil o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 44,5 % ko‘p pilla yetishtirildi...