Sankt-Peterburgning Viborg tumanida ketayotgan qurilishlardan birida 26 iyun kuni mehnat muhojirlari orasida ommaviy mushtlashuv bo‘lib o‘tdi. Mahalliy jurnalistlar ikki kishi og‘ir jarohatlar bilan mahalliy shifoxonaga olib ketilganini xabar qildi. Qurilish shirkati jarohatlanganlar borligini inkor etmoqda.