Manasga keling havasingiz ortadi
Ma’rifiy-targ‘ibot guruhi “Obod qishloq” dasturi asosida Manasda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Qishloq ahli bilan turli uchrashuvlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazdi.
O‘tgan asrning 60-yillarida viloyatning eng chekka hududida barpo etilgan Manas qishlog‘ida keyingi yillarda infratuzilma inshootlari, ko‘cha va yo‘llar, ichimlik suvi, elektr energiyasi ta’minoti, madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish talabga javob bermasligi oqibatida odamlar ancha qiynalayotgan edi.
Mamlakatimizda “Obod qishloq” dasturini amalga oshirish aynan Manas qishlog‘idan boshlanishi uning qiyofasini ham, odamlar turmush sharoitini ham tubdan o‘zgartirib yubordi. Manas “Obod qishloq” dasturini hayotga birinchi tatbiq etish namunasi sifatida yurtimiz tarixida qoldi.
Ma’rifiy-targ‘ibot guruhi a’zolari viloyat va tuman xokimliklari, jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda Manasda amalga oshirilgan obodonlashtirish, qishloq infratuzilmasini yangilash, odamlarning turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha qilingan ishlar bilan tanishdi. Xonadonlar, ishlab chiqarish korxonalari, ijtimoiy muassasalarda bo‘lib, odamlar bilan suhbatlashdi.
Xususan, guruh a’zolari hududdagi militsiya tayanch punkti va uchastka noziri Tohir Ahmedov yashayotgan uyda bo‘ldi. “Manas chevarlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati tikuvchilik sexi, non sexi, savdo markazi, “Aychurek” maktabgacha ta’lim muassasasi, 5- va 12-umumta’lim maktablari, oilaviy poliklinika, sog‘lomlashtirish markazi majmuasida yaratilgan sharoitlar ularda katta taassurot qoldirdi.
Mehmonlar Ismat Jabborovning shaxsiy tomorqasidagi issiqxonaga, Chilonzor ko‘chasida yashovchi Rahmatulla Qorayev, Abdumannop Oyboshev xonadoniga tashrifdan ham xursand bo‘ldi.
Shundan so‘ng, qishloqning qayta rekonstruksiya qilingan zamonaviy madaniyat saroyida targ‘ibot guruhi tarkibidagi taniqli olimlar, shoir va yozuvchilar, san’atkorlar bilan qishloq ahlining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Manasda “Obod qishloq” dasturining amalga oshirilishi bu yerda istiqomat qilayotgan 6,5 mingdan ziyod aholining hayotini yaxshilash, ularga munosib turmush sharoitini yaratishda tarixiy ahamiyatli voqea bo‘lgani ta’kidlandi.
– Manasda ko‘rganlarimiz havasimizni keltirdi, – deydi O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi respublika boshqaruvi raisi Sh.Jalilov. – Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Obod qishloq” dasturi, ayniqsa, qishloqlar aholisining turmush darajasini oshirishda naqadar yuksak samara berayotgani Manas va manasliklar hayotida yaqqol ko‘rinib turibdi. Bu ezgu ish, avvalo, odamlarni hayotdan rozi qilib, ularning ertangi kunga, davlatga ishonchini mustahkamlagani har qanday kishini to‘lqinlantirib yuboradi.
Taniqli san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturi barchaga xush kayfiyat ulashdi.