Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida o‘lik xolda topilgan 5 yoshli Kibriyo G‘apporalievaning amakisi Ravshan Qodirov Ozodlik bilan suhbatda mash’um voqeadan besh kun o‘tib ham qotillik motivi noma’lum bo‘lib qolayotganini aytdi. Qodirov jiyanining organi olingani haqida Internet tarmoqlarida tarqalgan xabarlar asossiz ekanini ta’kidladi. Qodirovga ko‘ra, 5 fevral kuni Kibriyoxon va yana ikki jiyanini bog‘cha hamshirasi uyi yoniga o‘ynashga tashlab ketgan, degan xabarlar ham noto‘g‘ri. "Bolalar bog‘chadan kattalar hamroxligisiz chiqishgan", - dedi Qodirov.