5 fevral kuni Tojikiston Bosh vaziri muovini Azim Ibrohim rahbarligidagi hukumat delegatsiyasi Toshkentga keldi. Tojikiston vazirliklari va davlat idoralari rahbarlaridan tashkil topgan ushbu delegatsiya O'zbekiston tomoni bilan prezident Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga tashrifiga oid masalalarni muhokama qilinishi rejalangan.
Tojikiston Naqliyot vaziri Xudoyor Xudoyorzodaning 5 fevral kuni Ozodlik radiosiga aytishicha, Tojikiston temir yo'l shirkati ushbu vazirlik vakili sifatida Toshkentdagi muzokaralarda ishtirok etadi.
O'zbekiston tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida berilgan xabarga ko‘ra, Tojikiston delegatsiyasi bilan qator vazirlik va idoralarda uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Mazkur tadbirlar chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari hamda bo‘lajak O‘zbekiston-Tojikiston uchrashuvlariga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy jihatlarini muhokama qilish rejalashtirilmoqda.
Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga safari joriy yilning bahorida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
O'tgan oy O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovning Tojikistonga rasmiy safari jarayonida ko'p masalalar, jumladan, viza masalasida kelishuv haqida gap bo'ldi.
Yaqin kunlarda tomonlar “Vatandoshlar bordi-keldilari” borasidagi hujjatning imzolanishi kutilmoqda.
Ushbu huquqiy hujjat asosida o'zbek va tojik vatandoshlari bir oy davomida vizasiz bir-biriga safar qilish imkoniga ega bo‘ladilar.
Hozirgacha bu muddat faqat bir hafta edi.
Shuningdek, O‘zbekiston Bosh vazirining Tojikistonga tashrifi chog‘ida ikki davlat o‘rtasida temir yo‘l va avtobus qatnovlarini tiklash va chegarada o‘tish punktlarini ochish masalalari ham muhokama qilingan.
Tahlilchilarning fikricha, Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga tashrifi chog‘ida mazkur masalalar va chegara muammolari borasida kelishuv hosil bo'lishining ehtimoli katta.