Добавить новость

Игры по лучшим ценам: ваш интернет-магазин

Экс-депутата ГД Шилкина арестовали на два месяца по делу о растрате

Масспостинг вертикальных видео в TikTok, Youtube-shorts, ВК-клипы, Reels.

МОГУТ ЗАКРЫТЬ ВСЕ ФЕРМЫ НА ЗЕМЛЕ И ВО ВСЕХ МИРАХ. ЕВРОПУ НАДО СПАСАТЬ ОТ НАТО?! Россия, США, Европа могут улучшить отношения?! Очень полезные советы Высшего Всенародного Президента.

World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Turk Navalniysi va “sulton” g‘azabi. Erdo‘g‘on G‘arbni kechirim so‘rashga majbur qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘n mamlakatning Anqaradagi diplomatik vakolatxonalari boshliqlarini, jumladan, NATOdagi AQSh doxil yetti ittifoqchi davlat elchilarini “istalmagan shaxs”lar deb e’lon qilishga qaror berib, iqtidordagi yigirma yillik davri mobaynida Turkiya bilan G‘arb o‘rtasidagi eng katta mojaro olovini yoqdi.


Janjal sababi – G‘arb mamlakatlarining ko‘pdan beri qamoqda o‘tirgan mashhur turk siyosiy faoli, huquqbon va filantrop Usmon Kavalani himoya qilishga uringanidir. Ammo g‘arblik elchilarning tashabbusi, yumshoq qilib aytganda, muvaffaqiyatsizlikka uchradi – tez orada barchasi birma-bir uzr so‘rashdi, Erdo‘g‘on esa ularni kechirdi.


“Bu elchilar bizning huzurimizga kelib buyruq bera boshlashdi! Nechuk haddingiz sig‘di? Siz o‘zi kimsiz? Men tashqi ishlar vazirimiz Mavlud Chovusho‘g‘liga zarur ko‘rsatmalarni berib, nima qilish zarurligini aytdim: bu 10 kishi zudlik bilan "istalmagan shaxs" deb e’lon qilinsin. Ular hali Turkiyani yaxshi bilib olishadi! Bilmasalar, o‘sha kuniyoq mamlakatdan ketadilar!” – Erdo‘g‘on 24 - oktabr kuni Eskishehirdagi mitingda, minglab tarafdorlarining ma’qullovchi xitoblari ostida shunday nutq irod etdi.


Erdo‘g‘on AQSh, Germaniya, Fransiya, Niderlandiya, Kanada, Yangi Zelandiya, Daniya, Norvegiya, Finlyandiya va Shvetsiya elchilarini Turkiyadan badarg‘a qilishga buyruq bergan edi. Rasmiy Anqara ushbu keskin qarorni mazkur diplomatlar davlat to‘ntarishiga uringanlikda ayblangan turk jamoat arbobi, huquq himoyachisi, tadbirkor va filantrop Usmon Kavalani qamoqdan ozod qilishga chaqirishgani bilan izohladi.


Diplomatik janjal manzarasida 25 - oktabr, dushanba kuni turk lirasi yana bir bor rekord darajada qadrsizlandi. Ammo Erdo‘g‘on maqsadiga yetdi – Kanada, AQSh va boshqa mamlakatlar o‘sha kuni‑yoq unga noma yo‘llab, “Turkiya qonunlariga hurmat bajo keltirishdi”. Turk mediasi yozishicha, Erdo‘g‘on bu bayonotlarni “iltifot bilan qabul qilgan”. “Bundan keyin ular tillariga ehtiyot bo‘lishadi”, degan Turkiya prezidenti. Shu bilan mojaro, aftidan, barham topdi.


Usmon Kavala kim?

Usmon Kavala Turkiyada avvalo madaniyat va san’atdan tortib inson huquqlari himoyasigacha – turli yo‘nalishlarga ixtisoslashgan ko‘p sonli nohukumat tashkilotlari asoschisi o‘laroq tanilgan. U yana “Amnesty International” xalqaro inson huquqlari tashkilotining qo‘li ochiq homiylaridan biri bo‘lgan, Turkiyada Gyote instituti, Shvetsiyaning Istanbuldagi Bosh konsulligi, Fransuz instituti va boshqa tashkilotlar hamda dipmissiyalar bilan faol hamkorlik qilgan.


Qolaversa, Usmon Kavala Jorj Sorosga oid xalqaro grantlar tarmog‘ining Turkiyadagi asoschilaridan biri edi – bu tarmoq 2018 - yili hukumat bosimi ostida o‘z faoliyatini to‘xtatdi. 2020 - yilda esa Kavala, qamoqda ekan, inson huquqlari himoyasi sohasidagi muvaffaqiyatlari uchun Grant Dink nomidagi nufuzli xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi.


Erdo‘g‘on Kavalani ko‘pdan beri, aniqrog‘i, Istanbulga hokim bo‘lgan 90-yillardanoq xushlamasligini aytadilar. 2003 - yili u ilk bor hukumat raisi bo‘lgach, Kavala borgan sari jiddiy muammolarga duch kela boshladi. U o‘nlab marta politsiya va maxsus xizmatlar tomonidan to‘xtatildi, har turli ayblovlar bilan sudga tortildi.


2013 - yili, turk jamiyatining “sulton” Erdo‘g‘onga nisbatan noroziligi o‘z cho‘qqisiga etganida, Usmon Kavala Istanbuldagi Gezi bog‘i o‘rnida binolar qurilishiga  faol qarshi chiqa boshladi. Ekologik aksiya o‘laroq tug‘ilgan xalq noroziligi o‘sha yiliyoq siyosiy harakatga, politsiya aralashuvi va zo‘ravonlikdan so‘ng esa  tartibsizliklarga aylandi. Erdo‘g‘on o‘shandayoq Gezi bog‘idagi miting tashkilotchilari “terrorchilarga aloqador”ligini va “Turkiyaning chet eldagi dushmanlaridan” pul olishlarini aytgan edi. Ammo hukumat o‘sha paytda Kavalani qamoqqa olishga jur’at etmadi.


2017 - yilda hukumatga qarshi norozilikning yangi to‘lqini bosilgach, Kavala uning tashkilotchilaridan biri sifatida ayblanib, ilk daf’a uzoq muddatga panjara ortiga jo‘natildi. Garchi keyinroq u barcha ayblovlar bo‘yicha oqlangan bo‘lsa-da, qamoqdan baribir bo‘shatilmadi – Erdo‘g‘on qistovi bilan uni 2016 - yil yozda barbod bo‘lgan harbiy putchga aloqadorlikda ayblab, og‘irroq moddalar bilan hukm qilishdi.


Turkiya va dunyo Erdo‘g‘ondan charchadimi?

2016 - yil iyulida Turkiyada e’lon qilingan (va u yoki bu shaklda hanuz davom etayotgan) favqulodda holat prezident Erdo‘g‘onga ko‘plab siyosiy faollar, huquqbonlar va jurnalistlarni qamoqqa olish, 100 dan ziyod mustaqil OAVlarni yopish imkonini berdi. Shu yilning yanvar‑fevral oylarida Turkiyaning qator shaharlarida, asosan Istanbul va Anqarada bo‘lib o‘tgan yoshlar va talabalarning yangi ommaviy mitinglari ham politsiya va maxsus xizmatlar tarafidan kuch bilan bostirildi. Erdo‘g‘on esa, namoyishchilarni yana “terrorchilar” deb atadi, ularning faoliyati “xorijdan, jumladan, Kavala singari odamlar tomonidan” boshqarilishini aytdi.


Bu orada Turkiyada og‘ir iqtisodiy tushkunlik pishib yetila boshladi va COVID-19 pandemiyasi manzarasida yanada chuqurlashdi. Oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rtacha 35 foizdan ortiq qimmatladi, inflyatsiya darajasi esa qariyb 18 foizga ortdi – bu 2019 - yil yozidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.


Yangi prezident va parlament saylovlari 2023 - yilga belgilangan. Ijtimoiy-iqtisodiy muammolar ortidan reytingi muttasil tushayotgan Erdo‘g‘on iqtidorda qolishga jon-jahdi bilan harakat qilayotgan ko‘rinadi. Bunga u, jumladan, jamoatchilikni tashqi siyosiy masalalar bilan chalg‘itish uchun jarangdor bayonotlar berish orqali erishmoqchi.


Turkiya prezidentining G‘arb va uning qadriyatlariga munosabati keskin yomonlashgani, xususan, joriy yilning aprelida “sofageyt” mojarosida yaqqol namoyon bo‘ldi. O‘shanda Erdo‘g‘on bilan muzokara o‘tkazish uchun Yevrokengash raisi Sharl Mishel bilan birga Anqaraga kelgan Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenga ataylab kursi qo‘yib berishmadi. Fon der Lyayen jurnalistlar ko‘z o‘ngida biroz kalovlanib qolganidan so‘ng esa, diplomatik qabul qoidalariga zid ravishda uni Mishel va Erdo‘g‘ondan chetroqqa, divanga taklif qilishdi.


Umuman, so‘nggi bir necha yil ichida Rajab Toyyib Erdo‘g‘on dunyoning barcha yetakchi mamlakatlari va shaxsan – Vladimir Putin, Donald Tramp, Angela Merkel va hatto Si Szinpin bilan janjallashib chiqdi.


Turkiya prezidenti o‘z tashqi siyosatini naqadar idrok etadi? Siyosatchi-sharqshunos, Moskvadagi Oliy iqtisodiyot maktabining siyosiy fanlar departamenti katta o‘qituvchisi Leonid Isaev uning xulq-atvori xususida shunday fikr bildirdi:


– So‘nggi yillarda Erdo‘g‘onning o‘ziga nisbatan ishonchi ancha oshdi. Uning harakatlari tobora dadilroq, qaltisroq tus olmoqda. Shu bilan birga, u o‘ziga va o‘z qoidalariga sodiq qolyapti. Bugungi kunda ko‘plab turklar uchun u mamlakatning so‘zsiz yetakchisidir.


– Uning fe’l-atvori tashqi siyosatda muvaffaqiyat keltiryapti, desa bo‘ladimi? Erdo‘g‘on janjaldan tap tortmaydi – hatto AQSh va Yevroittifoq, Rossiya va NATO bilan ham jiqillashadi va, qizig‘i, ko‘pincha maqsadiga yetadi ham. Yoki bunday emasmi?


– Menimcha, u qo‘rqadi har qalay, lekin, shunga qaramay tavakkal qila oladi. Yutuqlariga kelsak, ular birmuncha nisbiy. Loaqal Suriyadagi siyosatini oling – ochiq muvaffaqiyatsizlik-ku bu! Turkiya iqtisodiyoti Erdo‘g‘onning tashqi siyosatidan yaxshigina zarar ko‘rmoqda. Men bu siyosatni hamisha qaltis va muayyan holatlarda o‘zini oqlaydigan siyosat, deb ta’riflagan bo‘lardim.


– Oxirgi o‘n yilni hisobga olganda, dunyo Erdo‘g‘onning fe’lidan charchab, Turkiya uchun tashqi siyosatda juda katta muammolar paydo bo‘ladigan vaziyat yuzaga kelishi mumkinmi?


– Erdo‘g‘on qo‘zg‘agan barcha mojarolar dunyoning undan siz aytganchalik charchashi uchun etarli emas. Turkiyaning geosiyosiy va strategik joylashuvidan, dunyoda uning ishtirokisiz bitmaydigan bir talay muammolar mavjudligidan kelib chiqsak, mamlakat tashqi siyosat maydonida yakkalanib qolishi mumkinligini tasavvur qilish mahol. Binobarin, nima bo‘lgan taqdirda ham Anqara bilan muloqot qilishga va kelishishga to‘g‘ri keladi. Erdo‘g‘onning tabiati bu ishni xiyla qiyinlashtiradi, albatta. Har holda uning qo‘lida ko‘plab ta’sir o‘tkazish qurollari mavjud. Rajab Toyyib Erdo‘g‘on – zamonaviy xalqaro siyosatning obyektiv voqeligidir, yoqadimi, yo‘qmi, dunyo mamlakatlari u bilan hisoblashishga majbur.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Можно ли перевестись из одной автошколы в другую в процессе обучения?

Можно ли перевестись из одной автошколы в другую в процессе обучения?

Масспостинг вертикальных видео в TikTok, Youtube-shorts, ВК-клипы, Reels.

Прогноз погоды: в Москве и в ЦФО в выходные ожидается дождливая и ветреная погода

Музыкальные новости

На матче "ЦСКА-Динамо" родилась новая семья

Дистрибьюция музыки в вк. Яндекс музыка дистрибьюция. Цифровая дистрибьюция музыка. Дистрибьюция музыки под ключ.

Масспостинг вертикальных видео в TikTok, Youtube-shorts, ВК-клипы, Reels.

Названы системные требования нейросети Apple

Новости России

Можно ли перевестись из одной автошколы в другую в процессе обучения?

Экс-депутата ГД Шилкина арестовали на два месяца по делу о растрате

Евгения Вершинина: 5 модных трендов этой осени

Игры по лучшим ценам: ваш интернет-магазин

Экология в России и мире

Парализуют глистов: врач Садыков подтвердил пользу тыквенных семян

1114 кг мусора и вторсырья за час: новый рекорд акции «Живи Экологично»

НОВЫЕ «ОПАСНЫЕ СВЯЗИ» С НОВЫМ ВЕДУЩИМ НА «ЧЕ!»

В Москве пройдёт гастрономический фестиваль «Русская кухня»

Спорт в России и мире

Зарина Дияс может встретиться с Ариной Соболенко на топовом турнире

Рахимова обыграла Биррелл и вышла во второй круг WTA 1000 в Пекине

Александр Зверев снялся с турнира ATP-500 в Пекине

Алибек Качмазов поднялся на 73 позиции в рейтинге ATP, достигнув 179-го места

Moscow.media

Black panties

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: Социальный фонд выплатит остатки материнского капитала менее 10 тысяч рублей

Обзор известных приложений, созданных на iOS

Осеннерадостная....











Топ новостей на этот час

Rss.plus






Хвостовские чтения прошли в Липецке

Можно ли перевестись из одной автошколы в другую в процессе обучения?

Прогноз погоды: в Москве и в ЦФО в выходные ожидается дождливая и ветреная погода

МОГУТ ЗАКРЫТЬ ВСЕ ФЕРМЫ НА ЗЕМЛЕ И ВО ВСЕХ МИРАХ. ЕВРОПУ НАДО СПАСАТЬ ОТ НАТО?! Россия, США, Европа могут улучшить отношения?! Очень полезные советы Высшего Всенародного Президента.