Корпоративные автопарки переходят на китайские машины

Путин спровоцировал дезертирство, союзники Запада массово переходят на сторону России

Названы самые дорогие путешествия россиян в марте

Аэропорт Якутск с 31 марта перейдет на весенне-летнее расписание

World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Qashqadaryolik o‘qituvchilar: Islom Karimov byusti uchun majburan pul yig‘ilmoqda

Qashqadaryolik o‘qituvchilar marhum prezident Islom Karimov byusti uchun o‘zlaridan pul yig‘ilayotganidan norozilik bildirishmoqda.

O‘qituvchilarga ko‘ra, hokimlik viloyatdagi 200ta maktabga narxi 450 ming so‘m bo‘lgan Karimov byustlarini majburan tarqatgan va pulini o‘qituvchilardan undirmoqda.

Qashqadaryo viloyati hokimligi o‘qituvchilar da’vosini inkor qilib, byustlar homiylar hisobiga sotib olinib, maktablarga tarqatilayotganini iddao qildi.

Karimov byustlarini ishlab chiqarayotgan Toshkentdagi “Temir vohasi” korxonasi byustlarni butun mamlakat bo‘ylab tarqatishni rejalagan.

Korxona boshlig‘i Tolib Po‘latovga ko‘ra, byustlarni ishlab chiqarib, tarqatish tashabbusi Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondiga tegishli. Ozodlik mazkur fond bilan bog‘lanish imkoniga ega bo‘lmadi.

O‘qituvchilar shikoyati

Chiroqchilik bir guruh o‘qituvchilar marhum prezident Islom Karimov byusti uchun ulardan pul yig‘ilayotganidan shikoyat qilib, Ozodlikka bog‘landi.

“Biz o‘qituvchilar nomidan murojaat qilyapmiz. Yaqinda direktor hokimlikdan Islom Karimov byustini ko‘tarib keldi. “Byustning narxi 450 ming so‘m ekan, maktab xodimlariga bo‘lib chiqsak, har kimga 10 ming so‘mdan to‘g‘ri kelar ekan. Hamma shu pulni bersin, keyin yig‘ilgan pulni hokimiyatga olib boramiz”, dedi direktor. O‘zi pandemiya davrida zo‘rg‘a o‘tirgan bo‘lsak, bizdan yana majburan pul yig‘ishyapti. Yig‘-yig‘lar jonimizdan o‘tib ketdi”, deyiladi chiroqchilik o‘qituvchilar murojaatida.

Ozodlik Chiroqchi tumanidagi bir qancha maktabning direktorlari bilan bog‘landi. Ular ham o‘qituvchilar da’vosini tasdiqlashdi.

“Bir haftacha avval Yassaviy qishlog‘idagi 10 ta maktab direktorini 120-maktabga chaqirishdi. Borsak, hokimlikdan bittasi Damasda kelib, hammamizga bittadan Islom Karimov byustini berdi. O‘sha paytda oyliklarimiz hali tushmagan edi. “Pulini hozir bera olmaymiz”, dedik. Keyin hammamizga byust berib, tilxat yozdirib olishdi. “Haqiqatan ham birinchi prezidentimiz Islom Karimovning byustini oldik. Uning javobgarligini o‘z bo‘ynimizga olamiz. Byustni ma’naviyat xonasiga qo‘yamiz” deb yozdik. Hozir pulini yig‘yapmiz. 100 ming so‘mcha qoldi. Yig‘ib bo‘lishimiz bilan hokimiyatga olib borib beramiz”, - dedi ismini ochiqlamayotganimiz maktab direktori.

Boshqa bir maktabning direktori Karimov byusti uchun pul yig‘ishga majburligini aytib, yig‘-yig‘lar uning ham joniga tekkani aytdi.

“O‘qituvchilar bizdan xafa bo‘lishadi. Hozir men 450 ming so‘mni cho‘ntagimdan to‘lashim kerakmi? Men ham majburman o‘qituvchilarga “pul ber” deyishga. Bir RayONO, bir hokimlik uchun pul yig‘iladi. Maktabga har-xil narsalar olish kerakligini aytishadi. Direktorlar nima qilsin, biz ham oylikka qarab qolganmiz”, - dedi anonim qolish istagini bildirgan Chiroqchidagi maktab direktorlaridan biri.

Inkor

Chiroqchi tuman hokimligining Ozodlik bog‘langan xodimi Karimov byustlarini tarqatish buyrug‘i viloyat hokimligidan berilganini aytdi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi mulozimi o‘qituvchilarning Karimov byusti uchun pul yig‘ayotgani haqidagi da’volarini rad qilishga urindi.

“Birinchidan, birinchi prezidentimiz byustlarini tarqatish viloyat xalq ta’limi bilan kelishilgan holda amalga oshirilyapti. Viloyatdagi namunali maktablar tanlab olinib, ularga homiylar yordamida shu byustlar sotib olib berilyapti. O‘qituvchilardan pul yig‘ish taqiqlanganku, bu ishni qilishga hech kimning haqqi yo‘q. Bu mutlaqo homiylar hisobiga amalga oshirilishi kerak. Sizda noto‘g‘ri informatsiya bor”, - dedi o‘zini tanishtirmagan hokimlik mulozimi.

Jami 1500 byust ishlab chiqarildi

Ozodlik kun davomida o‘tkazgan surishtiruvlari natijasida Islom Karimov byustlarini ishlab chiqarib, tarqatayotgan korxonani aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.

Toshkentdagi “Temir vohasi” korxonasi boshlig‘i Tolib Po‘latov Ozodlik bilan suhbatda Islom Karimov byustlaridan 400 dona Qashqadaryoga olib borganini aytdi:

“Qashqadaryoga jami 400ta olib borib berdim. Ulardan 200ta turli byudjet tashkilotlari uchun, 200tasi maktablar uchun. Men shaxsan borib, Zoir Toirovich bilan gaplashdim. Islom Karimov byustini qo‘yishga loyiq bo‘lgan maktablarga tarqatish rejalandi. Ma’naviyat xonalarida Islom Karimov burchagi tashkil qilinadigan bo‘ldi”.

Tolib Po‘latov byustlar uchun o‘qituvchilardan pul yig‘ilayotganini qoralashini aytdi:

“Bu majburiy emas. Agar o‘zlaringa ma’qul tushsa, Islom Karimovga nisbatan hurmatlaring bo‘lsa, olinglar, dedik. Pul yig‘ayotgani noto‘g‘ri. Biz bunga kelishmaganmiz hokimiyat bilan. Ular homiylar hisobiga qilamiz, deyishgan. Kimnidir majburlash bo‘lmasin, deganmiz. Bu xalq ta’limining aybi”.

Po‘latov ta’kidicha, Karimov byustlarini ishlab chiqarish tashabbusi Islom Karimov nomidagi xayriya jamoat fondiga tegishli:

“Tashabbus Islom Karimov fondiniki. Biz ishlab chiqarib, tarqatish bilan shug‘ullanyapmiz. Bu byustlarning avtori haykaltarosh Jasvant Annazarov. U ishlagan byust Islom Karimov muzeyida turibdi. Biz ko‘paytirib tarqatyapmiz”.

Tolib Po‘latov bergan ma’lumotga ko‘ra, Islom Karimov byustlarini ishlab chiqarish 2019 - yilda boshlangan, hozirgacha 1500 byust ishlab chiqarilib, Qashqadaryodan tashqari Farg‘onadagi maktab va tashkilotlarga ham tarqatilgan.

Po‘latov “Karimov byustlarini butun mamlakat bo‘ylab tarqatish rejalangani"ni aytdi.

Ozodlik Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi bilan bog‘lanish imkoniga ega bo‘lmadi. 22 - yanvar kuni tushdan keyin fondga qilgan telefon qo‘ng‘iroqlarimizga javob bo‘lmadi.

Prezident Mirziyoyevning qaroriga binoan, sobiq O‘zbekiston, hozirgi Islom Karimov ko‘chasida joylashgan Oqsaroy binosida Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi va Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi faoliyat olib bormoqda.

Muzey eksponatlari marhum prezidentning kenja qizi Lola Karimova- Tillayeva rahbarligidagi Islom Karimov nomidagi xayriya jamoat fondi hisobidan xarid qilingani aytiladi.

Mustaqil O‘zbekistonning birinchi prezidenti xotirasini abadiylashtirish uchun qabul qilingan dastur doirasida Islom Karimovga Samarqand va Qarshida ham haykal o‘rnatildi.

2017 - yilning 7 - mart kuni Turkmanistonda birinchi bo‘lib marhum o‘zbek prezidenti byusti tantana bilan ochilgan edi.

Rossiya poytaxtining Islom Karimov nomi berilgan xiyoboniga britaniyalik haykaltarosh Pol Dey (Paul Day) yasagan Islom Karimov haykali o‘rnatilgan. Yodgorlik majmuasini loyihalash, tayyorlash va o‘rnatish Lola Karimova-Tillayeva rahbari bo‘lgan Islom Karimov fondi tomonidan amalga oshirilgan.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Ru24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Ru24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Ru24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Ru24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Работники салона связи оформляли кредиты на россиян и перепродавали их товары

Перенос дат II этапа культурного проекта «Классика: история и современность» в Дмитрове

Жителей Химок пригласили на военную службу по контракту

В Химках мигрант украл забытые мужчиной деньги и паспорт

Музыкальные новости

«Авангард» победил «Локомотив» со счетом 3:2 и сравнял счет в серии плей-офф КХЛ

Сергей Собянин: Новый путепровод улучшит пропускную способность других трасс

Архитектурные доминанты округов Москвы

Shot: рейс Turkish Airlines вернулся во Внуково из-за криков и танцев пассажира

Новости России

Был ли инсульт: что известно об экстренной госпитализации ведущего Куличкова?

RT: студенты Москвы и Петербурга рассказали, сколько им денег надо для счастья

В Оренбурге из-за непогоды задерживаются вылет и прилет четырех рейсов

Домклик: средний размер первоначального взноса по ипотеке в Пензе вырос до 38,6% в феврале

Экология в России и мире

На Сейшелы к новорожденным черепахам

Узкое горлышко: зачем даже маленькой компании регламенты

Весна идёт, весне дорогу, уже расстаяли снега????

США включили ряд российских блокчейн-платформ в список SDN

Спорт в России и мире

«Бомж» Дарья передает всем привет»: Касаткина ответила на слова Винер

Янник Синнер поделился впечатлениями от общения с игроками сборной Италии по футболу

Азаренко вышла в полуфинал турнира WTA-1000 в Майами

Хачанов: хочу вернуться в топ-10 ATP

Moscow.media

Система управления доступом RooX UIDM совместима с ОС Astra Linux

Минфин Челябинской области и БФТ-Холдинг произвели миграцию информационных систем на отечественное ПО

Узбекистан начал выпуск «народного» кроссовера Киа. Такой модели не хватает в России

Что за криповые видео с Пи Дидди и Бибером. Кадры всплыли после обвинений рэпера в торговле людьми











Топ новостей на этот час

Rss.plus






Путин спровоцировал дезертирство, союзники Запада массово переходят на сторону России

Аэропорт Якутск с 31 марта перейдет на весенне-летнее расписание

Названы самые дорогие путешествия россиян в марте

Был ли инсульт: что известно об экстренной госпитализации ведущего Куличкова?