Песков: приезд Путина к Crocus City Hall после теракта помешал бы спасению людей

Нефть дорожает на данных о росте запасов сырой нефти в США

И на Бали растут томаты

Жителей Дубны пригласили на занятия по оказанию первой помощи

World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Pop Kon-metallurgiya va servis kolleji o‘qituvchilari bir kunda yoppasiga ishdan bo‘shatildi

Pop Kon-metallurgiya va servis kolleji o‘qituvchilari bir kunda yoppasiga ishdan bo‘shatildi

Namangan viloyat, Pop tumanidagi Kon-metallurgiya va servis kasb-hunar kollejining qariyb 50 nafar o‘qituvchi va texnik xodimlari 10 iyul kuni kollejga chaqirtirilib, mehnat daftarchalari qo‘llariga tutqazildi.

O‘qituvchilarning aytishicha, bu kollej prezidentning o‘tgan yil 6 sentabrdagi PF-5812 farmoni bilan tugatilishga tushgan, lekin o‘qituvchi va ota-onalarning shikoyatlarini e’tiborga olib Toshkentdan yuborilgan maxsus komissiya kollejning mintaqa uchun zarur kadrlar yetishtirib chiqarayotganini nazarda tutib, “kollej negizida ko‘p tarmoqli kadrlar tayyorlovchi idoraviy kollej faoliyati yo‘lga qo‘yilishi”ni qo‘llab- quvvatlagan.

O‘qituvchilar ishdan bo‘shatilishi haqida faqat og‘zaki ogohlantirish olgani, pandemiya davrida ishsiz qolib, tirikchiligi og‘irlashishini aytdilar.

Namangan viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi vazirlikdan maxsus ko‘rsatma kelmagani uchun prezident qarori asosida ish tutganini bildirdi.

 

Pop Kon-metallurgiya va servis kasb-hunar kollejining o‘qituvchilari 10 iyul kuni Ozodlikka murojaat qilib, ular asossiz ishdan bo‘shatilganidan shikoyat qildi.

Kollej kasaba uyushmasi raisi Akramxon Abbosxonovning aytishicha, o‘qituvchilarning yoppasiga ishdan bo‘shatilishida mehnat qonunchiligi buzilgan:

“Ikki oy oldin hamma ishdan ketadi, deb og‘zaki aytishdi. Ogohlantirish beramiz dedi. Bizga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan, Vazirlar Mahkamasidan maxsus komissiya kelib o‘rgandi, qolsin degan xulosa berdi. Nega hali masala hal bo‘lmay turib ishdan bo‘shatasizlar, desak indashmadi. Hech kim qo‘liga rasmiy ogohlantirishni olmagan. Bugun esa mehnat shartnomasini bekor qildi”.

Kollej o‘qituvchisi Tohirjon Sultonmurodovning aytishicha, prezidentning qarori chiqqandan so‘ng ular ota-onalar bilan Vazirlar Mahkamasiga borib, kollejni qoldirish haqida iltimos qilgan:

- Prezident portaliga bir necha marta murojaat qildik, bo‘lmadi. Keyin, aholi vakillari bilan o‘ttiztacha odam Vazirlar Mahkamasiga bordik. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim o‘rinbosari qabul qilib, joyiga borib o‘rganishini aytdi. Dekabr oyida vazir o‘rinbosari S. Buzrukxonov boshchiligida Toshkentdan 8 kishilik maxsus komissiya keldi. Ko‘rdi, o‘rgandi va bu kollej kerak ekan degan xulosa chiqarib ketdi. Ammo, boshqa xabar bo‘lmadi. Bugun esa hammamizni yoppasiga ishdan bo‘shatdi. Pandemiya, karantin davrida nima ish qilamiz ekan, qayerdan ish topamiz ekan deb gangib qoldik. Hozir bo‘ynimda kredit bor, uni qanday yopaman, uchta bolam bor, ularni qanday boqaman. Ayollarimiz tuman bandlik bo‘limiga borsa, senlarga pandemiya davrida qayerdan ish topaman debdi”.

O‘qituvchi Odilxon Komilov so‘zlariga ko‘ra, bu kollej Chodak kon boshqarmasi va O‘zbekiston temir yo‘llari uchun zarur kadrlar yetishtirib berayotgan o‘quv maskani edi:

- Asosan, ochiq kon, yopiq kon, avtotransport, uchta yo‘nalish bo‘yicha kadr chiqarardik. 2018 yili temiryo‘lga ham ishchi xodimlar chiqarib berdik. Toshkentga vazirlikka borganda ham aytdim. O‘zbekiston bo‘yicha kollejlarni olib monitoring o‘tkazinglar, qani qanchasi kollejdan keyin mutaxassisligi bo‘yicha ishlayapti ekan. Biz mingdan ortiq kon ishchilari kirgizganmiz ishga. Olmaliq, Angren, Ohangarondagi konlarda bizning kadrlar ishlayapti. Tekshirib ko‘ringlar, dedim. Bizning kollejdagi moddiy baza hech qayerda yo‘q, o‘quvchi ish o‘rganib, mutaxassis bo‘lib chiqadi. O‘zim ham uzoq yil konda ishlaganman, o‘rgatadigan narsam bor.

O‘qituvchilarning aytishlaricha Prezidentning PF-5812-son farmonida kollej xodimlarini ishdan bo‘shatish tugul, bunga zarracha ishora beradigan biror-bir norma yo‘q.

Ozodlik bu farmonga ilova qilingan, tugatilishi kerak bo‘lgan kollejlar ro‘yxatini ko‘rib chiqdi va u yerdan Pop tumanidagi Kon-metallurgiya va servis kasb-hunar kollejini topa olmadi.

Kollej direktori O‘tkirjon Botirovning aytishicha, ularning maxsus komissiya xulosasidan umidi katta bo‘lgan:

- Maxsus komissiya sizlar faoliyatingizni davom ettirishingiz mumkin degan xulosa bergan edi. Endi “Olmaliq sanoat kolleji” deb nom qo‘yiladi, deyishgandi. Lekin Olmaliq kon kombinati biz olmaymiz, deb rad javobi bergan. Vazirlik esa endi texnikumga aylantiramiz deb aytgan ekan. Boshqarmamiz ham hali qaror chiqqan yo‘q, deyapti. Yo kollej faoliyati umuman tugatildi, demayapti, yoki bu holatda qoldi demayapti. Bugun birdan hammani ishdan bo‘shatish haqidagi topshiriq ham meni hayron qoldirdi. O‘qituvchilarning “ishchi guruh o‘rganib ketdiku, qoladi dediku”, degan savollariga men javob berolmayapman.

Namangan viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Tojimatov vazirlikdan boshqa xabar bo‘lmaganidan so‘ng, prezidentning o‘tgan yil 6 sentabrdagi PF-5812 farmoni bilan kollej tugatilganini bildirdi:

- Kollejni tugatish vakolati bizda emas. Vazirlar Mahkamasining ishchi guruhi o‘rganib ketgan edi, o‘shani javobi kelmadi. Bir narsa deyishga qo‘limizda hech qanday asos yo‘q. Qo‘limizda faqat prezidentning farmoni bor. Shu asosda ish yurityapmiz. Kollej sifatida faoliyatini tugatdi. Kollej binosi maktabga berilgan. Moliyalashtirish tugatilgan. Ikki oy oldin ogohlantirish berilgan, kompensatsiya pullari berilgan. Bizning qo‘limizda hozircha boshqa ko‘rsatma yo‘q.

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining axborot xizmati rahbari Farhod Babashev Ozodlik savollarini yozib olib, bu haqda vazir o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonovdan javob olib, o‘zi qo‘ng‘iroq qilishga va’da berdi. Ammo kun davomida Ozodlikka vazirlikdan qo‘ng‘iroq bo‘lmadi.

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov boshchiligida ishchi guruh Chodak qishlog‘i bir guruh fuqarolarini murojaatini o‘rganib chiqib bu kollej haqida shunday xulosa bergan:

“Pop kon metallurgiya va servis kasb-hunar kolleji bazasida 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab “Olmaliq KMK AJ” qoshida Sanoat va servis kollejini tashkil etish [taklif qilinsin]”

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov boshchiligidagi bu ishchi guruhga, Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, "Olmaliq KMK" AJ, Namangan viloyati hokimligidan vakillar kirgan.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Ru24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Ru24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Ru24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Ru24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Почти 500 домов строится и проектируется по программе реновации

США пытаются подорвать сотрудничество России и Франции по мирному атому

Новости

Работников культуры поздравили с профессиональным праздником в Ступине

Музыкальные новости

УГМК уступил курскому «Динамо» в Екатеринбурге. ФОТО

«Единая Россия»: Вопросы для «Диктанта Победы» составят ведущие историки

Продолжается регистрация на форум «Мы вместе.Спорт»

Песков: в РФ безостановочно ведут работу по борьбе с коррупцией

Новости России

Обвиняемый по делу о теракте в «Крокусе» Исломов обжаловал свой арест

В Белогорске депутат горсовета от «Единой России» Ольга Алексеева сложила полномочия

«Может, им еще пиццу заказать?» Народ возмущен комфортом террористов из «Крокуса» в СИЗО

Андрей Бочкарев: Более 40 расселенных домов снесли по реновации с начала года

Экология в России и мире

Мыть обязательно: чем опасны немытые овощи и фрукты рассказал гастроэнтеролог Садыков

Признаки интернет-зависимости

В России зафиксирован рекордный рост цен на авиабилеты: названы новые реалии

Шапки женские вязаные на Wildberries, 2024 — новый цвет от 392 руб. (модель 466)

Спорт в России и мире

Россиянка Александрова обыграла первую ракетку мира Свентек

Виктория Азаренко вышла в полуфинал турнира WTA-1000 в Майами

Хачанов победил Черундоло и пробился в 1/8 финала турнира ATP в Майами

Азаренко вышла в полуфинал турнира WTA-1000 в Майами

Moscow.media

Летний Петербург. Исаакиевский собор

Цветёт золотая акация...

В Петровске пенсионерка погибла на пожаре

Федеральный девелопер: ЦФА позволят легко и просто накопить квадратные метры и "обернуть" их в квартиру











Топ новостей на этот час

Rss.plus






И на Бали растут томаты

44 старых жилых дома по реновации снесли в Москве с начала года

Закупки Газпрома. 28 марта 2024 г. Капитальный ремонт и др. услуги

Посетитель концерта в Crocus City Hall Фидря спасся благодаря открытой парковке